3.3. Qidiruv-tadqiqot ishlari Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagi boshlang’ich qidiruv va tekshirish ishlari natijalaridan foydalaniladi:
-gidrologik qidiruv ishlari – bunda tabiiy suv o’zanidagi oqim rejimi, ya‘ni bir necha yillar davomida o’zandan o’tkaziladigan suv sarfi va bu suv bilan oqib keladigan loyqalarning miqdori hamda sifati o’rganiladi;
-geologik va gidrogeologik tadqiqotlar – bunda qurilish hududining geologik va gidrogeologik tavsifi, inshoot zaminidagi gruntlarning turlari, ularning yotish chuqurliklari, fizik, kimyoviy va mexanik xossalari ko’rsatkichlari, grunt suvlarining yotish chuqurliklari, ularning sifati, sarfi va boshqalar aniqlanadi;