Qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 296,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü296,66 Kb.
#189083
1   2   3   4   5   6
xususiy-tadbirkorlik-faoliyati-va-uni-rivojlantirish-bo-yicha-ilg-or-xorijiy-tajribalar

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-12-17 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
14
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
modernizatsiyalash sharoitida zarur tezkorlikni ta‟minlaydi, ishlab chiqarishda 
chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi. Zero, bularsiz yuksak 
samaradorlikka erishib bo„lmaydi. Masalan, AQSHda turli yo„nalishdagi 19 mln.dan 
ortiq mustaqil firmaning 90 foizdan ziyodi mayda korxonalarni tashkil etadi. 
Yaponiyada o„rta va kichik korxonalar tarkibiga kiradigan 10 mln.dan ortiq mustaqil 
kompaniyalar mavjud bo„lib, ularning 99 foizi kichik biznes sektorida faoliyat 
ko„rsatar ekan, AQSH va Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 60 
foizdan ortig„i ana shunday korxonalar hissasiga to„g„ri kelmoqda.
AQSHda yangi ishchi o„rinlarining 3 dan 2 qismi mayda firmalarda tashkil 
etadi. Masalan, 1970 yilda 264 mingta, 1980 yilda 532 mingta, 1988 - 1990 yillarda 
682 mingta kichik korxona va firmalar tashkil topishi aholini ish bilan ta‟minlashda 
katta imkoniyat yaratdi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik AQSH 
taraqqiyotida muhim o„rin tutadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jahon tajribasi shuni ko„rsatmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
korxonalari barqaror iqtisodiy o„sishning asosiy omili, iqtisodiy kon‟yunkturaning 
o„zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy 
ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo„lgan xo„jalik sub‟ektlari 
sifatida keng faoliyat yuritmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil 
rivojlantirish natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan ta‟minlash, 
joylarda tashabbuskorlikni rag„batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik 
ko„nikmalarini ommalashtirish imkoniyatlari paydo bo„ladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari milliy iqtisodiyotning 
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatda o„rta mulkdorlar sinfini 
shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan 
to„ldirish, yangi ishchi o„rinlarini yaratishga, shuningdek, ular tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo„naltirish orqali mamlakatimizning 
eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda biz turli manbalarni o„rganish asosida rivojlangan va rivojlanish 
bosqichiga kirayotgan bir necha xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini 
o„rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy 



Yüklə 296,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin