Tashxislash Agar kasallik mavjudligiga shubha bo’lsa uni tasdiqlash yoki inkor qilish kerak bo’ladi. Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental diagnostik usullar bor va bu tahlilar yordamida kasallikka aniq tashxis qo’yilishi mumkin. Ularga:
Qonda glyukoza miqdori — och qolganda glyukoza miqdorini aniqlash;
Glyukozaga sezuvchanlik sinovi — och holatda va ovqatdan keyin ikki soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtirish;
Glikemik kuzatuv — kun davomida qondagi qand miqdorini bir necha bor tahlil qilish. Davolash samarasini o’rganish uchun qo’llaniladi;