Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari



Yüklə 350,5 Kb.
səhifə7/7
tarix05.12.2023
ölçüsü350,5 Kb.
#173871
1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI

Sadriddin Ayniy (1878—1954 yy.) о‘zbek va tojik xalqlari madaniyati xazinasiga bebaho durdonalar qо‘shgan atoqli adib, zakovatli olim, Sharq ilm-fani va ma­daniyati tarixi, falsafasining yirik bilimdonidir. Uning «Buxoro inqilobi tarixiy materiallar», «Mang‘it amirlari tarixi», «Odina» «Doxunda», «Qullar», «Eski maktab», «Sudxо‘rning о‘limi», «Yetim», «Esdaliklar» kabi asarlari dunyoning kо‘p tillariga tarjima qilingan. Sadriddin Ayniyning «Qullar» romani ayniqsa mashhurdir.
Sadriddin Ayniy insonparvar, xalqparvar mutafakkir sifatida qullarning ozod bо‘lishini umuman qullik tuzumi bо‘lmasligini inson zoti hamma joyda barcha davrlarda ozod, erkin, mustaqil tо‘la va teng xuquqli bо‘lib yashashi zarurligini faqat «Qullar»da emas, boshqa asarlarida ham katta zavq-shavq bilan bayon etdi.
Ma’rifatparlarning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini ijodiy davom ettirgan va yangi g‘oyalar bilan boyitganlardan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929 yy.)dir. U yoshligidanoq davrning dahshat va fojiasini о‘z kо‘zi bilan kо‘rdi. Hamza о‘zi yashayotgan jamiyatni zindon, undagi hayotni esa jahannam deb atagan edi. Hamza chor xukumati mustamlakachilik siyosatining jabri va barcha qabohatlarini о‘z boshidan kechirdi.
Hamza о‘z oldiga qо‘ygan maqsadiga erishish uchun tinmay harakat qildi. Bilimi va ongini oshirish yо‘lida о‘z ustida astoydil shug‘ullandi, Sharq adabiyoti, sanhati, madaniyatini katta qiziqish bilan о‘rgandi. Alisher Navoiy asarlarini tinmay mutolaa qildi. Qо‘qonda ishlagan taraqqiyparvar rus о‘qituvchisi Orlov bilan dо‘stona munosabatda bо‘lib, undan rus tili va adabiyotini о‘rgandi.
Hamzaning tashabbusi bilan Qо‘qonda yangi usuldagi maktab ochilib, unga kambag‘allarning bolalari, yetim va boshpanasiz bolalar jalb etildi.
Hamza inson fe’l–atvorining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiya katta о‘rin tutadi, deb hisoblagan. Ijtimoiy tengsizlikniig asosiy sababi savodsizlikda deb bilganligi uchun Hamza kambag‘allikdan, ayanchli va kulfatli hayotdan qutilishning eng yaxshi yо‘li maorif ma’rifatdadir, deb ishonadi. Hamza xalqni ilmli, mahrifatli qilishda maktabniig ahamiyati katta ekanlini tushunib yetdi, uning fikricha, «maktab millat – makon, gavhar yoqutning koni maqtab bо‘lmasa bitar millatning nomu-nishoni».
Hamza 1914 yilda yozgan shehrlaridan birida, «Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod, kо‘z ochib bedor bо‘l, darkor ilm, darkor ilk». «Ilm ista, ilm ista, istagil zinhor ilm», deb, odamlarni g‘aflatda qolmaslikka dahvat etgandi.
Xotin–qizlarning ozodligi, erki, teng huquqligi, baxt – iqboliga alohidda ehtibor berish Hamza Hakimzoda Niyoziyning eng asosiy xizmatlaridan biridir.
Hamza jamiyatning kelajagi, xalqning madaniyati va mahnaviyatini qandayligi, Vatan iqboli va istiqboli insoniyatning yarmini tashkil etadngan xotin–qizlarga qanchalik ehtibor berilganligi, ularga kо‘rsatiladigan izzat–ikrom, hurmat va muruvvatga, yaratib beriladigan shart-sharoitlarga qarab belgilanadi, degan ilg‘or g‘oyalarga sodiq qoldi.
«Keldi ochulur chog‘i» deb boshlanadigan gо‘zal she’rni hech bir ikkilanmay Hamzaning xotin-qizlarga hisobnomasi, deb atash mumkin. Hamza о‘z Vatani bilan faxrlangan, Vatani ishqi va tashvishida kuyib yongan, Vatani uchun butun borlig‘ini, zarur bо‘lsa tan ila jonini fido qilishga tayyor turgan insondir.
Xullas, madaniy-mahnaviy qadriyatlarimizning ijodkorlari, yaratuvchilari bо‘lgan Markaziy Osiyo mutaffakkirlari buyuk kashfiyotlar qilib, jahon falsafasi va madaniyatini rivojlantirishga bebaho hissa qо‘shdilar. Ularning katta ilmiy, tarbiyaviy aqamiyatga ega bо‘lgan madaniy mahnaviy merosi xalqimiznnng buyuk iftixoridir.
Yüklə 350,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin