Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy



Yüklə 188,27 Kb.
səhifə5/5
tarix02.12.2023
ölçüsü188,27 Kb.
#171076
1   2   3   4   5
Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy gʻoyalar (1)

Xulosa.


Mana, to`rt ming yildan ortiqroq davrni qamrab olgan iqtisodiy fikr, g`oya, qarashlar, nazariya, konsepsiya va ta'limotlar tarixiga "sayohat" qildik. Albatta, eng oddiy tushunchalar hosil bo`lishidan mukammal iqtisodiy ta'limot, qonun vujudga kelishiga qadar bosib o`tilgan yo`lda turli- tuman g`oyalarning dialektik uzviyligi va rivojlanish omili - qaramaqarshiliklar kurashi va birligining guvohi bo`ldik. Oxir- oqibatda iqtisodiyotning prinsipial masalalari bo`yicha aniq bir xulosalarga kelindi. Ammo amalda aynan bir masala bo`yicha turlicha qarashlarning mavjudligi o`ziga xos bir mo`'jizadir. Masalan, bozor iqtisodiyotining hayotiy zarurligi munozaradan holi, ammo bu munosabatlarning oxirgi oqibatlari turli mamlakatlarda turlicha, chunki uning asosiy unsurlari bir xil bo`lishiga qaramay, har bir unsurning amaliy qo`llanishi turlicha va oqibatnatija ham butunlay o`zgacha.
Bozor iqtisodiyoti yo`lidan rivojlanayotgan davlatlarning turlicha iqtisodiy yakunlari bunga yaqqol misol bo`la oladi. Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta'kidlashicha, iqtisodiyot fani va ta'limotlarining tarixi o`ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o`zi bilan birga olib yuradi.Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo`lib, o`tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish muhimdir. Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g`oyalar tarixi davomida bir nechta muhim yo`nalishlarni ajratish mumkin. Bular boylikning asosi
muomala sohasida degan aqidaga asoslangan merkantilizm iqtisodiy ta'limotigacha bo`lgan davr, merkantilizmning o`zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo`nalish va marjinalizmdir. Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarida vujudga kelgan uch asosiy yo`nalish tamoyillari turli mamlakatlarning iqtisodiy siyosatlariga asos qilib olingan. Sotsialistik deb atalgan yo`ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o`tishni ma'qul deb hisoblaydilar. Bu davlatlarning bozor munosabatlariga o`tishi o`ziga xos bo`lib, "O`tish davri iqtisodiyoti" sifatida qaraladi. Albatta, bu o`tish klassik mamlakatlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlinishidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma'muriy-buyruqbozlikdan erkin bozor munosabatlariga o`tish to`g`risida boradi. Ko`pchilik mamlakatlarda o`tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib, normal rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko`p yillardan buyon bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlikdan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko`pligini alohida ta'kidlash kerak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to`g`risida borishi zarur.

Foydalanilgan Adabiyotlar.


  1. Islomov A., Egamov E. T. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. TMI, 2001

  2. Razzoqov A., To`raxonova H. Beruniyning iqtisodiy g`oyalari. "Hamkor", 2001 yil iyul soni.

  3. Razzoqov A., To`raxonova H. Nizomulmulkning ijtimoiyiqtisodiy g`oyalari."Iqtisodiyot va ta'lim". 2001, № 1-2.

  4. Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T., 1998.

  5. Jahon iqtisodiyoti. Ma'ruzalar matni. Toshkent, 1994.

  6. https://uz.wikipedia.org/

  7. https://genderi.org/

  8. https://fayllar.org/

Yüklə 188,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin