Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, faylasuflari tarbiya to`g`risida Reja



Yüklə 26,23 Kb.
səhifə1/2
tarix20.09.2023
ölçüsü26,23 Kb.
#145752
  1   2
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, faylasuflari tarbiya to`g`risida


Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, faylasuflari tarbiya to`g`risida


Reja:

  1. Pedagogika nazariyasi

  2. Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi

  3. Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji

Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi.


Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va Demokritlar asos soddilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta xissa qo‘shdilar. Quiida biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilami savol-javob yo‘li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning bu usuli «SuqTot usuli» deb atalgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. U tarbivada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ulaming qo'llarida bo‘lmog‘i kerak deydi.
Platon er.av. (424—347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo'lib «obyektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud bo‘lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo'lishi, ya’ni bular: faylasufiar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim. Faylasufiar davlatni boshqaradilar, jangchilar ulami har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil etishtirib faylasufiar va jangchilami boqadilar degan fikmi ilgari suradi.
Shuningdek, u qullami ham saqlanib qolishini aytib uning tasawurida qullar ham, xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi.
Tarbiya -■ deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog‘i, hukmron guruhlaming manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi.
7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsii olib, ularga o‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula darslari o‘rgatiladi.
12-16 yoshgacha bo'lgan bolalar jismoniy mashqlami o‘rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlami o‘qitadigan maktablarda, 18-20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsii olib harbiy ta’lim o‘rgatiladi.
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so‘ng qobiliyatn va iqtidori boigan yigitlar falsafa ilmini o‘rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o‘taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o‘mi shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 - 322) yillarda yashagan.
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarai ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Arastu birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir.
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14-21 yoshgacha bo‘lgan davrlarga bo‘ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go‘dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. o’g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o‘qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‘langan deb hisoblaydi. U bolalarga boshlang‘ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o'rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o‘rganishlari lozim deydi.
Arastu xotin-qizlaming tarbiyasi erkaklaming tarbiyasiga o‘xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlaming tabiati erkaklaming tabiatidan farq qiladi deb hisoblaydi.
Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim boiib, u «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi» deydi. «Ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalami hosil qiladi» deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko‘rsatib berganligidadir.
Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian - mashhur rimlik notiq va pedagog. o’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo‘llanma - «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog‘liq, majburan o‘qitish mumkin emas» (Kvintilian «0 vospitanii oratora».
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalamiiig nojo‘ya xatti-harakatlarining guvohi bo‘ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan boiishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda. tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-pedagoglami tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi.
Kvintiliaiming pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo‘lajak notiqqa o‘tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi. Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kviniilianning fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo‘llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o‘z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to‘Iiq o‘qib chiqiladi, so‘ng qismlarga bo‘linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarniag nashr etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g‘oyalari. 988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus knyazlaming maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilaming, o‘z mulozimlarming bolalarini yig‘ib o‘qitdi.
1028-yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida «oqsoqollar va poplaming» bolalaridan 300 ga yaqinnini to'plab kitob o‘qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma’lum buo‘ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va kutubxonalar taslikil etilgan.
XI-XIJ asrlarda Kiev davlatining madaniyati g‘arbiy Yevropadagi yirik davlatlaming madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida o‘qimishli, madaniyatli kishilar bo‘lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma’lumotli kishilami o‘z atrofiga to‘piagan. Svyatoslav o‘z zamonasining eng ma’rifatli kishisi edi. XI asr oxirida «Svyatoslav to‘plami» nashr qilingan.
Kiev rusning madaniyati - rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining o‘sishiga asosiy manba boigan. Bu kabi faktlar shuni ko‘rsatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rasda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to‘plamlari vujudga keldi: «Izmagarad» (zumrad) «Izboraik SvetosJava»,»Zlatuystroy», «Zlatoust» kabilar. Bu to‘plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar tavsiya qilingan «Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati» asari juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar bo‘lishiga chaqiradi. U bolalami insonparvar, kattalami hurmat qiladigan, kichiklami izzat qiladigan bo‘lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma’rifatining taiabini qondira olmas edi. Natijada «Savod ustalari»> tashkil qilingan.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo‘jalikka ega bo‘lgan mamlakat bo‘lgan. Misr davlati va xo'jaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon kishilar zarur bo'lgan. Shu tufayli Misr flr’avnlari va a’yonlari xat- savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o‘qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylaming bolalari va o‘qishga havaslari bo‘lgan kishilaming farzandlari ham o‘qiganlar.
Misrda boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablar bo‘lgan. Boshlang‘ich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o'rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug‘ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo'lgan. Misrdagi o‘rta va oliy maktablaming ko'pchiligi mir/olar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo'lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo'lgan bilimli ustoz- o'qituvchilar bilan ta’minlangan bo'lgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar o'qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo'lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O'sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo'qsa jazoga duchor bo'lasan. Qo'lingda kitob bo'lsin, ovoz chiqarib o'qigin va o'zingdan ko'p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo'qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog'i yelkasida bo'ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog'iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda ko'proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o'ziga to‘q kishilaming farzandlari o‘qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo‘lgan oddiy kishilar ham o‘qigan bo‘lsalar kerak. Maktablaming quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori sinflarda esa maternatika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o‘qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo‘lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishlar vaqtida o‘quvchilarga mos o‘rindiqlar qo'yilgan maktab binosining qoldig‘i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo‘jalik, savdo va harbiy ishlami boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qaltiq boigan. yetarli qobiliyatJi va tirishqoq bo‘lmagan o‘quvchiJar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan sava2ovchi» maxsus nazoratchi bo‘lgan. o’qituvchilar o‘quvchilami qunt bilan o‘qishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta boimagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan.
Bu ikki shaharda tarbiyaning o‘ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiiadigan bo‘ldi.
Lekin bu ikki shahaming iqtisodiy, sivosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda ijtirnoiy tarbiya tizimi quldorlaming bolalarini manfaatini ko‘zlar edi.
Yunonistonda qullami «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘1ib, bu qullar mehnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. Shu sababli ular tez-tez qo:zg“oion ko‘tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'lib, asosiy maqsad bolalarni baquwat, jismonan sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng «Agella» deb atalgan maktabda o‘qishgan. o’qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda o‘smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ulami jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og‘rikka bardosh berishga o‘rgatib borishgan, Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish, sakrash, nayza otish, qo‘l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so‘zlashuv, madaniyat darsi tashkil etar edi.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo‘lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar ham o‘rgatilgan. Bu mashg‘ulotlaming mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo‘lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri yoshlami qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat bo‘lgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullami tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo‘lib ko‘ringan qullami o‘ldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko‘rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar haqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalami savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi Yunonistonda balog‘atga yetgan o'spirinlar) guruhiga o‘kazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o‘taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. o’g‘il bolalar bilan qizlar birga qo'shib o‘qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar umshga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo‘riqlash, qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tashi, qullami itoatda saqlashni ta’minlashi ko‘zda tutilgan, ular hatto jangda ham qatnashganlar.


Yüklə 26,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin