qolgan haqning kafolati uchun tem ir sovutlar garovga qoldirilgani kabi
rivoyatlar bor. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi paytda
ham kishilar o ‘rtasida m a’lum muddatni kelishib olib, bir-birlariga yer
yoki pul qarz berib, uning evaziga yoki bir qismiga qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, hayvon yoki boshqa tovar olish odati juda qadimdan mavjud
bo'lgan va u kundalik hayot taqozo etgan talablar asosida tobora
takomillashib bormoqa.
Hadislarda ju f a kitobi ham berilgan bo‘lib, undagi uchta bobda ju f aning
mohiyati va ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Unda taqsimlangan, hali chegarasi
aniq belgilanmagan umumiy mulkda ju f a huquqi borligi, lekin ular
taqsimlanib, chegaralari aniq belgilanib, uning egasi aniq bo‘lsa, bu
huquqning barham topishi xususidagi fikr talqin etilgan.
J u f a iqtisodiy va huquqiy asnoda yerlari tutash bo'lgan qolshnilaming
bir-birlarining uy va yerlarini ham da biror mulkka sherik yoxud biror
mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilaming bir-birlarining ulush nasibalarini
birinchi b o ‘lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‘lib
ulushni kim sotib olish huquqiga ega ekanligiga e’tibomi qaratish lozim va
bunday fikrga kitobning 2 va 3-boblarida berilgan rivoyatlarda yanada aniqlik
yuritilib, qo‘shnisining ijozatisiz o ‘z uyi va yerini, sherigining ruxsatisiz
o ‘z ulushi (nasibasi)ni sotolmasligi, sotganda ham agar ikkita qo‘shnining
qay birining eshigi o ‘zingga yaqinroq bo‘lsa, faqat unga boshqalarga
qaraganda arzonroq naixda sotish lozimligi ko‘rsatilgan. Bunda Payg‘amba-
rimizning: «qo‘shni qo‘shniga uy-joylarining tutashligi birlan boshqalardan
ko‘ra haqliroqdur», degan maslahatlari hech qanday jamoaga tegishli
bo‘lmagan, taqsimlanmagan umumiy mulkka nisbatan ju f a huquqiga asos
qilib olinganligini ta ’kidlab o ‘tish lozim.
Dostları ilə paylaş: