Pul massasi va uni tartibga solish muammolari


Pul agregatlari (mlrd. so’m)8



Yüklə 395,88 Kb.
səhifə8/8
tarix20.01.2022
ölçüsü395,88 Kb.
#51428
1   2   3   4   5   6   7   8
Pul-massasi-va-uni-tartibga-solish-muammolari(1)

Pul agregatlari (mlrd. so’m)8

Sana

Keng ma’nodagi pul massasi
(M2)

shu jumladan:

Milliy valyutadagi pul massasi

shundan:

Chet el valyutasidagi depozitlar,
milliy valyuta ekvivalentida

Pul massasi
(M1)

shundan:

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar

Muomaladagi naqd pullar
(M0)

Milliy valyutagadi talab qilib olinguncha depozitlar

1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

01.02.2013

23 669

18 137

12 589

5 766

6 823

5 548

5 532

01.01.2014

28 376

22 594

15 870

7 424

8 447

6 723

5 782

01.01.2015

32 698

26 862

19 818

9 058

10 760

7 045

5 836

01.01.2016

40 642

34 576

23 644

10 655

12 989

10 932

6 067

01.01.2017

50 227

41 470

27 955

13 209

14 746

13 515

8 758

01.01.2018

70 816

45 117

33 142

19 449

13 694

11 974

25 699

01.01.2019

80 165

54 896

38 593

22 164

16 429

16 303

25 269

01.01.2020

91 266

62 786

42 670

24 246

18 424

20 116

28 480

01.03.2020

88 491

61 020

40 042

22 227

17 815

20 978

27 471

Shuningdek, M2 boshqadepozittashkilotlaritomonidanchiqarilganqarzqimmatliqog’ozlarnihamo’zichigaoladi. Ushbuqarzqimmatliqog’ozlarboshqamoliyaviytashkilotlar, davlatnomoliyaviytashkilotlar, xususiysektorhamdauyxo’jaliklariningtomonidansaqlanadiganjamg’armavadepozitsertifikatlariniaksettiradi.

1-jadvalma’lumotlaridanko’rishmumkinkimuamaladagipulmassasi 2013 yildan 2020 yil 1 yanvarholatigaqadaro’sishhaltidabo’lgan. 2020 yil 1 yanvar holatiga keng ma’nodagi pul massasi miqdori (M2) 91,3 trln. so’mni tashkil etgan (1-jadval).

2019 yilda umumiy pul massasi13,8 foizgaoshib,91,3 trln. so’mnitashkil etdi. Bunda, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga ortdi (62,8 trln. so’m).

Muomaladagi naqd pullar miqdorining o’sish sur'ati umumiy pul massasi o’sishiga nisbatan past bo’lib,9,4foiznitashkil etdi. Natijada, umumiy pul massasidagi naqd pullar ulushi 2019 yil boshidagi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi (4-rasm).





4-rasm. Pul massasi va uning tarkibi dinamikasi (trln. so’m va foizda)9

Ushbu tendensiyaning saqlanib qolishi bank tizimida likvidlikni tartibga solish samaradorligini oshirish zaruriyatini yaratadi.

2019 yilda milliy valyutadagi muddatli omonatlar 43 foizga, shu jumladan, jismoniy shaxslar depozitlari54 foizgaoshdi. Jami depozitlarda aholi omonatlarining ulushi25 foizdan 31 foizgacha o’sdi.

Umuman olganda, bu ko’rsatkichlar bank tizimiga bo’lgan ishonchning bosqichma-bosqich ortib borayotganligidan, shuningdek, pul-kredit siyosati kanalining iqtisodiyotdagijamg’arish faolligigaijobiy ta'sir ko’rsatayotganligidan dalolat beradi.Ushbu transmission kanalning samarali ishlashi pul-kredit siyosati asoslarini yaratish uchun zaruriy shart hisoblanadi.

Milliy valyuta kursining barqarorligi(avgust oyidan tashqari), banklar o’rtasida uzoq muddatli depozitlarni jalb etish bo’yicha raqobatning kuchayganligi, shuningdek, Markaziy bank tomonidan inflyasion kutilmalar va bank tizimida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar bo’yicha ochiqkommunikatsiya siyosatiningyuritilishi jamg’arish faolligining o’sishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillardan bo’ldi.

Shu bilan birga,o’tgan yildabank tizimidagi depozitlarning dollarlashuv darajasining pasayishiva so’mdagi depozitlar o’sishining tezlashishi kuzatildi. 2019 yil davomida milliy valyutadagi depozitlarning umumiy pul massasidagi ulushi38,6 foizdan 42,2 foizgachako’paydi. Xorijiy valyutadagi depozitlarningulushi esa dastlabki ikki oyda 34,8 foizgacha oshgan bo’lsa, yil yakuniga qadar 31,2 foizgacha pasaydi (4-rasm).

Biroq, 2019 yil avgustda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi(9,0%) aholining jamg’arish kayfiyatiga ta'sir o’tkazdi va natijada milliy valyutadagi depozitlarning yillik o’sishi 4,3 foiz bandga sekinlashdi (62,5 foizdan 58,2 foizgacha) (5-rasm).

Milliy valyuta kursining barqarorligi(avgust oyidan tashqari), banklar o’rtasida uzoq muddatli depozitlarni jalb etish bo’yicha raqobatning kuchayganligi, shuningdek, Markaziy bank tomonidan inflyasion kutilmalar va bank tizimida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar bo’yicha ochiqkommunikatsiya siyosatiningyuritilishi jamg’arish faolligining o’sishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillardan bo’ldi. Shu bilan birga,o’tgan yildabank tizimidagi depozitlarning dollarlashuv darajasining pasayishiva so’mdagi depozitlar o’sishining tezlashishi kuzatildi. 2019 yil davomida milliy valyutadagi depozitlarning umumiy pul massasidagi ulushi38,6 foizdan 42,2 foizgachako’paydi. Xorijiy valyutadagi depozitlarningulushi esa dastlabki ikki oyda 34,8 foizgacha oshgan bo’lsa, yil yakuniga qadar 31,2 foizgacha pasaydi (24-rasm). Biroq, 2019 yil avgustda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi(9,0%) aholining jamg’arish kayfiyatiga ta'sir o’tkazdi va natijada milliy valyutadagi depozitlarning yillik o’sishi 4,3 foiz bandga sekinlashdi (62,5 foizdan 58,2 foizgacha) (5-rasm).





5-rasm. Aholining muddatli depozitlari o’sishi dinamikasi (o’tgan yilga nisbatan, foizda)10

Ayni paytda, avgust oyida xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar o’sish sur'ati5,1 foiz bandgatezlashdi (31,8 foizdan 36,9 foizgacha). Sentyabr-dekabr davomida milliy valyuta kursining barqaror bo’lishi xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar o’sish sur'atining ikki barobarga(36,9 foizdan 18,4 foizgacha) pasayishiga xizmat qildi.

2019 yil IV chorakda jismoniy shaxslarning depozitlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi sentyabr oyidagi 18,2 foizdan, dekabr oyiga kelib 19,7 foizgacha o’sdi.

2019 yil dekabr oyida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo’yicha real foiz stavkasi (joriy inflyasiyaga asosan hisoblangan)4,5 foiznitashkil etgan bo’lsa, yuridik shaxslar depozitlari uchun ushbu ko’rsatkich 1,3 foizga teng bo’ldi.

Milliy valyutadagi muddatlidepozitlarning tarkibi va daromadliligi tahlili, depozitlarningmuddati ortishi bilan o’rtacha tortilgan foiz stavkalari hamoshib borayotganligi ko’rsatmoqda. Bu, o’z navbatida, uzoqroq muddatli pul resurslariga bo’lgan talabning yuqoriligi bilan izohlanib, banklar o’rtasida uzoq muddatli omonatlarni jalb qilish bo’yicha raqobatning kuchayayotganligidan dalolat beradi.

Bunda, aholi muddatli depozitlari bo’yicha daromadlilik egri chizig’i 2019 yilning IV choragida 2018 yilning mos davridagi nisbatan 2-2,5 foiz bandga yuqori tomonga ko’tarildi.

Shuningdek, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozitlari bo’yicha hamfoiz stavkalarida o’sish (2019 yil IV choragida16,1 foizgacha) kuzatildi.

O’z navbatida, depozitlar bo’yicha foiz stavkalarning o’sishi, bir tomondan, inflyasion kutilmalarning yuqori daraja ekanligini, boshqa tomondan, so’mdagi resurslar bozorida raqobatning kuchayganligini o’zida aks ettiradi. Bundan tashqari, chakanakreditlash segmentining rivojlanishi va ushbu segmentdagi yuqori foiz stavkalari ham ma'lum darajada depozitlar bo’yicha foiz stavkalarning o’sishiga ta'sir qilishi mumkin.

Umuman olganda, inflyasiyaning prognoz traektoriyasi hamda banklardagi depozitlar va kreditlar bo’yicha daromadlilik egri chizig’i o’rtasidagi tafovut pul-kredit siyosati oldiga ularning yo’nalish muvofiqligini ta'minlash vazifasini qo’ymoqda.

2019 yilning so’nggi choragida pul bozorida foiz stavkalar turli omillar va bozor tendensiyalari ta'siri asosida shakllandi. Ularning o’zgarish xarakteri yilning oldingi choraklaridan keskin farq qildi.

Xususan, o’rtacha tortilgan foiz stavkalar 2019 yil oktyabr oyidagi15,2 foizdannoyabr oyida16,4 foizgachava dekabr oyida 17,5 foizgachao’sdi. Shu bilan birga, depozitlarning o’rtacha muddatlarida o’sish kuzatildi (6-rasm).

2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida banklararo depozit operatsiyalari hajmi oldingi choraklar o’rtacha ko’rsatkichlariga nisbatan 2 barobardan ko’proqqa oshdi.





6-rasm. Bank tizimi likvidligi va banklararo pul bozoridagi depozitlar foiz stavkalari hamda hajmlari (mlrd so’m va foizda)11

Shuningdek, inflyasion kutilmalarda va inflyasiyaning prognoz dinamikasida barqaror o’sish sur'atlarining mavjud emasligiga qaramay, 1 oydan 3 oygacha bo’lgan depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari 18-20 foizgacha o’sdi. Bu, o’z navbatida, so’mdagi uzoq muddatlilikvid resurslarning yetishmasligi hamda banklarning likvidlik bo’yicha tegishli ko’rsatkichlariga erishishga bo’lgan harakatlari bilan bog’liq.

Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi va ichki moliya bozorining to’yintirib borilishi hamda banklar tomonidan likvidlilik holatini yaxshilash bo’yicha ko’rilayotgan choralar likvidlilik boshqarishda banklarga qulaylik tug’diradi va umumaninflyasiyaning prognoz traektoriyasiga mos keladigan daromadlar egri chizig’ining shakllanishiga olib keladi.

Kreditlar ajratishning bozor mexanizmlariga bosqichma- bosqich o’tilishibozorda segmentansiyani pasaytirishhamda kreditlar bozorida foiz stavkalari o’rtasidagi tafovutni qisqartirishga xizmat qiladi



Xulosa

Pul muomalasining eng muhim miqdoriy ko’rsatkichi bu pul aylanmasi bo’lib, u iqtisodiy aylanmani ta’minlaydigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli bo’lgan sotib olish va to’lov vositalarining umumiy miqdoridir.

Pul massasi - bu jismoniy shaxslarga, institutsional egalariga va davlatga tegishli bo’lgan xalq xo’jaligidagi tovarlar va xizmatlarning aylanishini ta’minlaydigan naqd va naqdsiz sotib olish va to’lov vositalarining kombinatsiyasi.

Pulga bo’lgan talab va taklifni aniqlash pul muomalasini tartibga solishning eng asosiy masalasi hisoblanadi. Xuddi shuning uchun ham ushbu sohada ko’pgina izlanishlar olib borilgan, turlicha nazariy qarashlar mavjuddir.

Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.

O’rganishlar natijasida, muomiladagi pulmassasi 2013 yildan 2020 yil 1 yanvarholatigaqadaro’sishholatidabo’lganligini ko’rsatdi. Jami muamaladagi pul massasi (M2) 2013 yilning 1 fevral holatida 23,7 trln so’mni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yil 1 yanvar holatiga kelib 91,3 trln. so’mni tashkil etgan. 2020 yilda o’sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 13,8 foizni tashkil etgan. Bunda, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga ortgan (62,8 trln. so’m).

Muomaladagi naqd pullar miqdorining o’sish sur'ati umumiy pul massasi o’sishiga nisbatan past bo’lib,9,4foiznitashkil etdi. Natijada, umumiy pul massasidagi naqd pullar ulushi 2019 yil boshidagi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi.

Monetar siyosat har qanday davlatda pulga bo’lgan talab va pul taklifini, pul massasi, kredit, moliya bozorlari va bank tizimi likvidliligini, to’lov balansinihamda iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va samarali vositasi bo’lib qolaveradi. Bu esa rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribalarini yanada chuqurroq o’rganishni, ularning yo’l qo’ygan xatolarini takrorlamaslikni,global inqiroz sharoitida monetar siyosat samaradorligini oshirishda tegishli ilmiy-nazariy xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

Pul taklifini tartibga solishning ilmiy-nazariy qarashlarini tadqiq qilish natijalari ko’rsatadiki, birinchidan, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo’lgan talab va ular taklifini boshqarish hamda ularning daromadliliga ta'sir etish orqali kapitalning maqbul daromad me'yoriga ta'sir etishlari mumkin; ikkinchidan, Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun yetarli darajadagi imkoniyatlarga ega bo’lib, inflyasiya sof pul fenomeni bo’lganligi va ko’p omilli jarayon emasligi sababli, pul massasini tartibga solish yo’li bilan inflyasiyani jilovlash mumkin; uchinchidan, pul massasining yillik o’sish sur'ati qat'iy ko’rsatkich sifatida belgilab qo’yilishi va mazkur ko’rsatkichning bajarilishini Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi zarur; to’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlanganligi uning tarkibida depozitlar miqdorining nisbatan katta ekanligi bilan izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2017 y.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil. qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi. – Toshkent: O’zbekiston, 2017.

4. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida (yangi tahriri)”gi Qonuni. 2019 yil 11 noyabr.

5. O’zbekiston Respublikasining“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni. 2019 yil 5 noyabr.

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar.

7. Pul, kredit va banklar: “Bank ishi” ta’lim yo’nalishi talabalari uchu darslik. A.A. Omonov, T.M. Qoraliev. Soliq akademiyasi, Toshkent moliya instituti – Toshkent: 2012 y

8. Қаранг: Юм Д. Опыты М., 1896

9. BobaqulovT.M. Fridmenningpulgabo’lgantalabvapultaklifikonsepsiyasiningahamiyati // “Moliya” ilmiyjurnali. Toshkent, 2013 y.

10. Веременко С.А., Игудин Р.В. Банковская технология снижения уровня платежей // Банковские технологии. М.,1998.

11. AllayarovF.A., AbdugafarovA. Pulmuomalasinitartibgasolishningnazariyasoslari // “Iqtisodiyotvata'lim” jurnali.-Toshkent, 2012 y.

12. Тобин Дж. Денежная политика и экономический рост. Пер. с англ. – М.: ЛИБРОКОМ. 2010 г.

13. Фридмен М. Если бы деньги заговорили… Пер. с англ. – М.: Дело, 1999 г.

14. Намозов О., Сагдуллаев С. Инфляционное таргетирование в монетарной политике стран с переходной экономикой // Рынок, деньги и кредит. - Ташкент, 2003 г.

15. Хансен Э. Денежная теория и финансовая политика. Пер. с англ. – М.: Дело, 2006 г.

16. Маневич В.Е. Российская экономика и теория роста//Бизнес и банки. – Москва, 2007 г.

17. Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya", 2004 yil.

18.Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: TMI, 2003.

19. ShodmonovSh.Sh., G’ofurovU.V. Iqtisodiyotnazariyasi: Darslik; O’zbekistonRespublikasioliyvao’rtamaxsusta'limvazirligi. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010.

20. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2019 yil, Toshkent.

21. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiningMonetar siyosatning 2019 yil va 2020 – 2021 yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari sharhi. Toshkent, 2019 y.

22. www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-sayti;

23. www.minfin.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb-sayti.

24. www.bankir.uz - norasmiy veb-sayt.

25. www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik tizimining veb-sayti.

26. www.bis.org – Xalqaro Bazel Qo’mitasining rasmiy veb-sayti.

27. www. wikipedia.org – Global internet tarmog’i ensiklopediyasi.

28. www.adb.org – Osiyo Taraqqiyot Bankining rasmiy veb-sayti.

29. www.imf.org – Xalqaro Valyuta Fondining rasmiy veb-sayti.



30. www.worldbank.org – Jahon bankining rasmiy veb-sayti.

1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


Yüklə 395,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin