Publisistika uslubida maqol va matallarning ifodalanish xusussiyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#165123
  1   2
Madaminova G 594-599 JUSR (1)



594 
PUBLISISTIKA USLUBIDA MAQOL VA MATALLARNING IFODALANISH 
XUSUSSIYATLARI 
 
Madaminova Gulsora Mirxamidovna 
Farg’ona davlat universiteti chet tillar kafedrasi o’qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Maqollar va matallar oz xususiyati bilan o`zbek tilining ajralmas 
bir bolagi hisoblanadi. Ayrim maqollarning kelib chiqish tarixi uzoq tarixlarga borib 
taqaladi va insonlarning yashagan davri, osha paytda qamrab turgan muhit, davr 
mentaliteti, dunyoqarashlari ham ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqol va 
matallarning xalq so’zlashuv hayotidagi o’rni va ahamiyati, uning ijodkorlar 
asarlaridagi tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, publisistika sohasining 
maqol va matallar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
Majoziy ibora, ritmik shakl, antiteza, ong, qarash, estetik tuyg’u, 
poetic shakl. 
Matal—muayyan hayotiy hodisani aniq va to`g`ri belgilab beradigan obrazli 
ifoda, ibora. Matallarda asosan kinoya qochiriq, taqqoslash, o`xshatish kabi badiiy 
vositalardan oqilona foydalaniladi. Bunda asosan majoziy iboralarning o`z asl manolari 
bilan bir vaqtda ularning ko`chma ma`nolari o`rtasidagi yaqinlik, mantiqiy bog`lanilishi 
lozim. Maqollar va matallar bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida 
qofiyalanish hamisha saqlanmaydi. 
Misol uchun: 
“Shamol bo`lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas” 
“Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit.”
1
Maqol va matallar muayyan ritmik shaklga ega bo`ladi. Maqol –xalq og`zaki 
ijodi janri; qisqa va lo`nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma`noli hikmatli 
ibora, chuqur mazmunli janr hisoblanadi. Maqol ham matallar singari muayyan ritmik 
shaklga egadir. Maqollarda asosan avlod ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatdagi 
munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari 
mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixchamlanib sodda 
poetik shaklga keltiriladi.
1
O`Zme.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 


595 
Maqol va matallar mavzular jihatdan rang barangdir. Vatan, mehnat, ilm-hunar, 
do`stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi 
mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rang-barang maqol va matallar 
vujudga kelgan. Maqollarda antiteza hodisasi ko`p uchraydi. 
Misol uchun: 
“Kattaga hurmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l” 
“Uzoqni somonidan yaqinning poxoli yaxshi” 
Publisistika uslubi va unda maqol va matallarning ifodalanishi, xususiyatlari 
haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo publisistika uslubi nima? Uning xususiyati nima? 
Uning ahamiyati nimadan iborat? degan qator savollarga javob berishimiz kerak. 
Publisistika(lotincha: publicus- ijtimoiy) – davrning ijyimoiy- siyosiy va boshqa 
dolzarb masalalariga bag`ishlangan adabiy ijod turi hisoblanadi. Publisistikaning 
vazifasi ijtimoiy fikr uyg`otish va uni shakllantirish, ma`lum maqsadga yo`naltirish, 
hujjatli fakt, ma`lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi 
zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o`tmish va kelajak faktlari publisistikaning 
ma`lum bir predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ong, qarashlarning salmog`i ortgan 
sari publisistning, ya’ni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, 
dangal ifodalash tamoyili ham oshadi. Publisistika roman, pyesa, kino asarlarda ham 
paydo bo`lmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi 
maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham 
publisistikaga kiradi. Publisistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ma`naviy- axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslubiy jihatidan baxs-munozarali, 
tashviqot- targ`ibot, tanqidiy- tahliliy, hajviy ko`rinishlarga ega. 
O`rta Osiyo xalqlari tarixida publisistika ancha qadimiydir. Publisistika 
xususiyatlari “Qobusnoma” asarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda Alisher 
Navoiyning “Majolis un- nafois”, “Munshaot” , “Mahbub ul-qulub” asarlarida ham 
publisistikaning tugal xususiyatlari uchraydi. O`tgan asrlarda yashab ijod etgan, ko`zga 
ko`ringan namoyondalarimiz Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Mahmud, 
Sayid Hasan Ardasher va boshqalarni adabiy portretlarini publisistik ocherklar, deb 
atash mumkin. Navoiyni nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni o`zbek badiiy 
publisistikasining asoschisi deb atashga imkon beradi. Publisistik xususiyat o`zbek 
mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. O`zbekistonda ijtimoiy hayotga 


596 
doir dastlabki publisistik maqolalar “Turkiston viloyatining gazetasi” da ilk bora chop 
etilgan.
2
90-yillardan so`ng o`zbek milliy jurnalistikasida ham o`ziga xos o`zgarishlar 
kuzatildi. An`anaviy sharhlash jurnalistikasi o`rniga yangilik jurnalistikasi paydo 
bo`ldi. Natijada publisistik janrlar axborot janrlariga ko`proq o`rin bera boshladi. 
Publisistika keying yillarda yuqori bosqichlarga ko`tarilishda davom etdi. 
Maqol va matallarning publisistikada ishlatilish ahamiyatini ko’zga ko`ringan 
yana bir jihati shundan iboratki, unda bu voqelikni yoki deylik axborotni o`qiyotgan 
o`quvchi qisqa, lo`nda, hech bir qiyinchiliksiz tushuna olishidir. XX asrda ijod qilgan 
ayrim adiblarimiz maqol va matallarning bu xususiyatlaridan yozgan samarali 
asarlarida foydalangan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin