She‟riy asarlar tahlili. She‟riy asarlarni o„rganish metodikaning murakkab
masalalaridan biri. Nazm kishilar ongi va qalbiga katta kuch bilan ta‟sir qila oladi.
She‟riy matnlar – emotsional-ifodaviy nutqning takomillashgan namunalaridir.
Muallifning “men”i ko„p hollarda lirik she‟rlarni o„rganishda o„qituvchi va
o„quvchi uchun ham ancha qiyinchilik tug„diradi. Boshqacha aytganda,
kechinmalarning mustaqil, tugal obraz sifatida berilishi muallifning “men”iga
yaqinlashishni taqozo etadi.
Lirik
asarlar
tahliliga
bag„ishlangan
izlanishlarda,
xususan,
M.Mirqosimovaning tadqiqot ishida she‟r tahliliga yo„llash bosqichlari
quyidagicha ko„rsatiladi:
a) ifodali o„qish davomida o„quvchilar taassurotlariga tayanib tahlil yuritish;
1
Borlig„im, kelajagim, taqdirimni baham ko„rdim. Nashrga tayyorlovchi Nodira Said Ahmad qizi. //Saodat. –Т.:
2011, №5-6. – 15-bet.
33
b) she‟r matni ustida ishlash, asarning badiiy xususiyatlarini o„rganish;
v) o„quvchilarning ijodkorligiga tayanib lirik qahramon qiyofasini o„rganish,
asar uslubini aniqlab, obraz yaratish mahoratini yoritish
1
.
She‟riy asarning umumlashma tahlili maxsus reja asosida amalga oshirilgani
ma‟qul. Reja kamroq kuch sarflab, aniq materialni xotirada tiklashga yordam
beradi. Asar rejasini tuzish xaritaga sayohat marshrutini tushirib olishdek gap. Reja
tuzish o„quvchini fanni o„zlashtirishga tayyorlaydi, dunyoqarashini boyitadi.
Yaxshi tuzilgan reja badiiy matn tarkibini mazmunli ochish garovidir. Xususan,
H.Xudoyberdiyevaning “Ayol o„tib borar” she‟rini izchil reja tuzish orqali tahlil
qilish maqsadga muvofiq.
She‟rda dunyodagi eng mumtoz zotga xos ulug„vorlik sharqona falsafa,
nozik ta‟blik bilan ifoda etilganki, professor Q.Yo„ldoshev haqli ravishda e‟tirof
etganidek, “tasvirlanayotgan tuyg„ularning yirikligi o„qirmanni seskantiradi, ham
o„ylantiradi, seskantirib o„ylantirish orqali yuksaltiriadi”
2
.
1. Bunda dastlab she‟r matni ifodali o„qiladi.
Tahlil har qanday turdagi asarni ifodali o„qishdan boshlanishi haqida
professor M.Mirqosimova quyidagi fikrni ilgari suradi: “Asarni o„qish davomida
ijodkor yaratgan tafakkur tarzi anglanadi, o„zlashtiriladi, muhokama qilinadi,
kitobxon ko„z o„ngida yaratilgan poetik manzara yoki holat ham tashqi, ham ichki
harakatlar, tuyg„ular orqali idrok etiladi, his qilinadi. O„sha ta‟sirchan manzarani
yaratishda shoir yo yozuvchi qo„llagan tasvir vositalariga sirtdan ahamiyat
berilmaydi, asosiy e‟tibor o„qish jarayonida mazmunga, obrazning ichki
ma‟nolariga jalb etiladi”
3
.
2. Ayrim so„z va iboralar sharhlanadi.
Jarayon “Sen so„rama, men ham aytmayin Kuragimning singanini qars.
Shovqin solma, men uyg„otmayin, Yuragimda yotar bir yo„lbars” misralarini
sharhlashdan boshlangani ma‟qul. O„quvchi e‟tibori aynan qarsillab singan kurak,
yurakni makon etgan jonzot tasviriga qaratilsa, muallifning asl maqsadi
anglanishiga erishiladi. So„ngra lirik qahramon vujudidagi yo„lbars na‟rasi qanday
kechinmalar mahsuli ekanligi aniqlanishi zarur bo„ladi. Shu zaylda “o„kirayotgan
yo„lbars” – junbushga kelgan qalb isyonlari ekanligi kashf qilinadi. Kashf etish
lazzatini tuydirish esa “o„quvchi shaxsiyatida fikr kishisini tarbiyalaydi
4
.
3. She‟rdagi g„oyaga munosabat bildiriladi.
O„zbek ayoli shunday yaralganki, eng inja tuyg„ularini ko„ngil qa‟rida
pinhona saqlaydi, ozorlardan dili og„risa ham o„zgalarga “tishini yormaydi”.
Ba‟zan mavj urib o„zaniga sig„magan hislari vujud zindonidan vulqondek otilib
chiqadi-yu, hatto dunyolarni kuydirishga qodir bo„ladi. Garchand armon otlig„
jallod tig„idan yuragi nimta-nimta bo„lsa-da, viqor-la shodon odimlab, sho„x
1
Мirqosimova М.М. O„quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. Ped. fan.
dokt… diss. –Т.: 1995. – 88-бет.
2
Qozoqboy Yo„ldosh. Buyuk qushning parvozi. //Yoshlik. –Т.: 2013, № 9.
–
36-bet.
3
Мirqosimova М.М. O„quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. –Т.: Fan,
2006.
–
18-bet.
4
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –Т.: Аlisher Navoiy nomidagi
O„zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 52-bet.
34
yellarga zulfini erkalashga izn beradi. G„am otashidan erib kul bo„lsa-da,
ma‟yusgina jilmayib Bardoshga oshno tutinadi.
4. Obrazlar, badiiy tasvir vositalari aniqlanadi. Lirik qahramon, ayol va
yo„lbars obrazlariga munosabat bildiriladi.
Tahlil chog„ida o„qituvchi muallifning “...badiiy tasvir vositalarini qo„llash
orqali qanday maqsadni ko„zlagani va uning mazkur asarda nechog„li amalga
oshganiga e‟tiborini qaratsagina ijodkor yaratgan badiiy olamga yo„l ochiladi”
1
.
Lirik qahramon o„y-xayollari o„quvchini ummon tubidek sinoatlarga to„la
ayol qalbidagi sokin manzaralar tahliliga tayyorlaydi. Sabrdan bunyod etilgan
qo„rg„on bekasi ruhiy olamiga nigoh tashlanar ekan, unda hokisorlik, keng fe‟llilik
fazilatlari barq urib turganiga guvohi bo„lish mumkin. Shu bois har qancha da‟vo
qilinsa-da, Yurak atalmish saltanat sarhadlariga daxlsizlikni yoqlashini tushunishga
harakat qilamiz.
Munisa siyratidagi yo„lbars – yig„ila-yig„ila tog„ qadar qiyofa kasb etgan
iztirob suvrati. Dardchil kechinmalarning lovullagan alanga tarzida berilishi
tashbihni, jonzot hayqirig„i mubolag„a san‟atini yuzaga keltirgan bo„lsa, lirik
qahramon o„zligiga sayqal berishda tazod (so„rama – aytmayman, o„t yonish –
sovutish, ich-ichida – sirtdan) kabi tasviriy-ifodaviy vositalar imkoniyatlaridan
unumli foydalanilgan.
5. Ijodkor kechinmalarini anglashga yo„naltiruvchi savollar tuziladi va suhbat
o„tkaziladi. Masalan:
a) yurakdagi yo„lbars qiyofasini qanday tasavvur etdingiz?
b) bu obraz zimmasiga qanday mas‟uliyat yuklangan?
v) ichda baland o„t yonishi deganda shoira nimani nazarda tutadi?
g) muallif shaxsiyati aynan qaysi satrlarda bo„y ko„rsatadi?
d) nima deb o„ylaysiz, hamma ayollar ham she‟rda tasvirlangandek
matonatlimi? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslashga urinib ko„ring.
Suhbatda xayolan lirik qahramon ruhiy olamiga sayohat uyushtiriladi,
tuyg„ulari taftish qilinadi.
Maxsus tuzilgan reja o„quvchilardan mustaqil ishlashni, o„z nuqtai nazarini
ifodalashni, baho berishni talab qiladi. Izlanish muhiti ishni jonlantiribgina
qolmasdan, qiziqarli ham qiladi. Bu esa, o„z navbatida, lirikaning o„quvchi
shaxsiyatiga ta‟sirini kuchaytiradi.
She‟riyat nasrda ifodalab bo„lmaydigan murakkab insoniy his-tuyg„ular,
chuqur ichki hissiyotlarni o„zida ifoda etadi. Nazm birinchi o„rinda insonning ichki
dunyosini tasvirlashga qaratilganligi bilan epos va dramadan farqlanadi. Nazmni
o„rganishda shoir tuyg„ulariga hamohang hissiyotlar kuchi va teranligini ochib
berish o„qituvchining bosh vazifasi bo„lib qoladi.
Asarning yaratilish tarixi haqida o„qituvchi hikoyasi tegishli emotsional
kayfiyatni yuzaga keltiradi. Suhbat, hikoya, tasvir, yod olish, mustaqil ish singari
faoliyat turlari maqsadga erishishning zarur vositalari bo„lib xizmat qiladi.
1
Safo Matjon. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. O„qituvchilar uchun metodik qo„llanma. –Т.: O„qituvchi,
1996. – 22-bet.
35
She‟r ustida ishlash chog„ida o„quvchilarning poetik eshitish qobiliyatini
rivojlantirish, she‟r qurilmasiga e‟tiborini qaratish orqali nazmni idrok etish
madaniyati shakllantiriladi. Buning uchun o„quvchilar qofiya, radif, ohang, she‟r
tuzilishi tizimi, badiiy tasvir vositalari singari tushunchalarni anglab olishi lozim.
Nazariy tushunchalarni o„zlashtirish orqali o„quvchilar she‟rdagi nafosatni
his qiladi, o„zi uchun qandaydir yangilikni kashf etadi. Masalan, 7-sinfda Shavkat
Rahmon ijodi yuzasidan tashkil etiladigan mashg„ulotlarda o„quvchilarning nazariy
bilimlarini hayotiy kuzatishlari bilan bog„lashga imkon yaratiladi. Shoir ijodi bilan
tanishar ekan, o„quvchi tabiatning kamalak yanglig„ rangin jilolari lirik
qahramonning nekbin tuyg„ulariga hamohanglikda bo„y ko„rsatganligiga guvoh
bo„ladi.
Shoir tun, osmon, oy, tong, bulut, shamol, suv, daraxt kabi qator timsollarga
zargarona ishlov berib, inson va tabiat o„rtasidagi garmoniyani topa bilgan.
Jumladan, “ingroqlarga to„lib ketgan tun”, “ko„zlarimdan ko„ra hayotni yelkalarim
ko„ribdi ko„proq” kabi chizgilarda inson ruhiyatining anglash mushkul bo„lgan
tiyiqsiz isyonlari o„z aksini topgan. Shavkat Rahmon ijodining xalqchilligi, o„ziga
xos jozibadorligi asl maqsadini yashirin tarzda badiiy vositalar yordamida
ifodalashiga bevosita daxldor. Shuning uchun ham shoir ijodidagi topilmalarni
ruhiyat manzarasi tasvirining nodir kashfiyoti sifatida baholash mumkin.
Shoirning “Tong ochar ko„zlarin...” she‟ri interaktiv “Ikki qismli kundalik”
metodi asosida o„rganilishi o„quvchilarning estetik didi, tafakkur darajasi, xayolot
olami va idrok tarzini namoyon etishga yordam beradi. Shuningdek, ifodali
o„qish, tushunish va tahlil qilish hamda xulosa chiqarish kompetensiyasini
takomillashtiradi. Tahlil lirik qahramonning ichki kechinmalariga shaxsiy tajribalar
va qiziqishlar asosida munosabat bildirishni taqozo qiladi.
Texnologiya bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Texnologiyani o„tkazish bosqichlari:
Birinchi bosqichda she‟r o„qishga tavsiya qilinadi. Matn bilan to„liq
tanishilganidan so„ng ikkinchi bosqich vazifasiga o„tiladi. Bu jarayonda daftar
varaqlari vertikal chiziq bilan o„rtasidan teng ikkiga bo„linadi.
Navbatdagi bosqichda kundalikning chap tomoniga muallif g„oyalari –
she‟rdagi o„zlariga yoqqan yoki ma‟qul bo„lmagan misralar yoziladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |