Psixologiya fanining asosiy metodlari Soliyeva Komila G‘ayrat qizi Urganch davlat universiteti talabasi Annotatsiya



Yüklə 15,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.12.2023
ölçüsü15,77 Kb.
#173780
Soliyeva Komila 117-119 CUSR



117 
Psixologiya fanining asosiy metodlari 
Soliyeva Komila G‘ayrat qizi 
Urganch davlat universiteti talabasi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada psixologiya fani metodlari, kuzatish metodi, 
so‘rov metodi haqida yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
metod, kuzatish metodi, suhbat metodi. 
Abstract:
This article describes the methods of psychology, the observation 
method, and the survey method. 
Key words:
method, observation method, interview method. 
Аннотация:
В данной статье описаны методы психологии, метод 
наблюдения и метод опроса. 
Ключевые слова:
метод, метод наблюдения, метод интервью. 
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining 
mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan 
foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi.
Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida 
to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar 
bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta 
ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik 
hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin 
juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir 


118 
tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab 
metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. 
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va 
unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini 
aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini 
isbotlashga yordam beradi. 3-rasmda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash 
shakllari keltirilgan. Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki 
bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar 
to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi 
mumkin. 
Kuzatish metodi 
Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda 
o’rgangan ko’p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay 
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai 
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi. 
So’rov metodi 
Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so’rab 
o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki 
ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, “Navro’z” 


119 
bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so’roqlar 
o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o’ylarni 
o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida qadrlanadi. 
Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi 
ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi 
tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak 
bo’ladi. 
Xulosa qilinadigan bo’lsa, shuni aytish kerakki, so’rov metodlari inson 
psixologiyasini o’rganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli 
usulidir. Lekin uni professional tarzda to’g’ri ishlatish va natijalarni to’g’ri tahlil qilish 
juda katta amaliy ahamiyatga egadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. 1-qism. – T.: 
TDIU, 2005. – 208 b. 
2.
Mayers D. Sosialnaya psixologiya / Perevs angl. – SPb.: Piter, 1999. – 688 s. 
3.
www.google.com
 internet tarmog‘i 

Yüklə 15,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin