Maktabga bormagan yosh bola qo`ng`iroq nima uchun chalinishini bilmaydi
Maktabga borgan kundan o`qituvchilar qo`ng`iroq chalinishini tushintiradi
Bolada qo`ng`iroqqa nisbatan harakat reflekslari paydo bo`ladi
Darsga kirishga qo`ng`roq chalinganda bola sinf tomon yugiradi
Darsdan chiqishga qo`ng`roq chalinganda u daftar kitobini yig`ishtirib, tashqariga chiqishga harakat qiladi
Turli odamlarda shartli reflekslarning xususiyatlari
Ma`lumki, odamning bolaligidan boshlab yashash, tarbiyalanish, o`qish, kasb o`rganish, ishlash sharoiti har xil bo`ladi. Shuning uchun turli odamlarda shartli reflekslarning soni , turi, sifati, ham har xil bo`ladi. Tarbiyasi yaxshi o`qimishli madaniyatli kishilarda zararsiz shartli reflekslar ko`proq bo`ladi. Tarbiyasi yomon bo`lgan kishilarda zararli shartli reflekslar ko`proq bo`ladi.
Bajaradigan ishiga yani kasbiga qarab ayrim kishilarda birinchi signal sistemasining shartli reflekslar ko`proq bo`ladi, ya`ni ko`rish, eshitish, qo`l yoki oyoq harakatlari bilan bog`liq ishlarni bajarishga moslashgan shartli reflekslar.Masalan, mashina haydash, duradgorlik, temirchilik, sartaroshlik, raqqosalik kabi kasblar. Ba`zilarda ikkinchi signal sistemasining ishi bilan bog`liq bo`lgan shartli reflekslar ko`proq bo`ladi, ya`ni og`zaki va yozma nutq bilan bajariladigan ishlarga hosil bo`lgan shartli reflekslar.
Yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari.
Yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari. Odam va hayvonlarning katta yarim sharlari po’stlog’ida ikki qarama-qarshi nerv jarayonlari, qo’zg’alish va tormozlanish sodir bo’ladi. Biron bir narsa yoki hodisalar sezgi organlariga ta’sir etib ularni qo’zg’atadi, qo’zg’alish esa miyaga o’tkaziladi, shundagina yarim sharlarda qo’zg’alish (Jonlanish) vujudga keladi. Bu qo’zg’alish o’chog’i o’zgarmasdan va harakatsiz qolmaydi. Odatda qo’zg’alish katta yarim sharlar po’stlog’ida irradiyatsiyalanadi (yoyiladi) va bir joydan ikkinchi joyga o’tadi.
Po’stloqda qo’zg’alish bilan bir vaqtning o’zida unga zid jarayon tormozlanish ham maydonga keladi, tormozlanish miyada qo’zg’alish uchastkasini aktiv ravishda to’xtatib turadi, tormozlaydi yoki cheklab qo’yadi, qo’zg’alish uchastkasini markazlashtiradi, tor doiraga to’planishga olib keladi. Qo’zg’alish bilan tormozlanish o’zaro chambarchas bogliqdir.