Psixika va kasalliklar



Yüklə 18,96 Kb.
tarix16.02.2017
ölçüsü18,96 Kb.
#9013


AIM.UZ



PSIXIKA VA KASALLIKLAR.


Reja:

  1. Kasalliklarning paydo bo'lishida psixogen omillarning roli.

  2. Psixogeniyalar va samatogeniyalar.

  3. Nevroz xolatining psixoin lixanizmi.

  4. Psixoz va uning turlari.

Tayanch tushunchalar.

Psixogeniya – organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir bo'lgan turli psixik jarohatlarni ta'siri ostida paydo bo'ladigan buzilishlar

Samotogeniya – bular somatik kasalliklar tufayli kelib chiqadigan buzilishlar

Nevroz – psixogen kasalliklar natijasida ro'y beradigan holat

Reaktiv psixoz – ruhiy jarohatga yoki ko'ngilsiz hodisaga javoban vujudga keladigan psixotik pog'onadagi potologik jarayon.

Ichki kasalliklar nima uchun inson psixikasiga ta'sir qiladi?

Tibbiyot psixologiyasi psixik xolatning somatik holatga va somatik kasalliklarning psixikaga ta'sirini o'rganishning o'z vazifalari qatoriga kiritadi. Psixik jarayonlar bilan organizmning o'zaro bog'liqligi psixologiya va tibbiyotning asosiy vazifalaridan biridir.

Psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar psixogen kasalliklar yoki psixogeniyalar deyiladi.

Psixogeniyalar –organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir bo'lgan turli psixik jarohatlarning ta'siri ostida paydo bo'ladigan buzilishlardir.

Psixogeniya omillari ta'siri ostida somatik soxada quyidagi buzilishlar sodir bo'lishi mumkin.

Me'da ichak trakti tomonidan-ko'ngil aynish, qusish, ichburug', qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo'qolishi); nafas olish a'zolari tomonidan-nafas siqilishi, nafas bo'g'ilishi, yo'tal: yurak-tomir sistemasida-arteriya bosimining psixogen ko'tarilishi, taxikardiya, bradikardiya, yurakda og'riq his qilish, yurak faoliyati maromining buzilishi.

Psixik kasalliklar somatik sabablari tufayli kelib chiqadigan bo'lsa, ular samotogen kasalliklar yoki samotogeniyalar deb ataladi.Infeksiyalar, intoksikasiyalar, ichki a'zolarning kasalliklari ko'pincha, psixik buzilishlarning manbai hisoblanadi.Bu ko'proq yurak kasalliklarida, yuqumli kasalliklarda kuzatiladi.

Ayrim hollarda psixogen omillar samotagen omillar Bilan qo'shilib, o'zaro bir-birini kuchaytirishi mumkin



Nevroz qanday kelib chiqadi?

Psixogen kasalliklarning hammadan ko'p tarqalgan formalari, nevrasteniya, isteriya va miyadan nari ketmaydigan xayol nevrozidir. Nevroz so'zi (grekcha – ‘neyron’ - nerB) so'zidan olingan bo'lib, psixogen kasalliklar, ya'ni oliy nerv faoliyati turmushdagi mushkul axvollar va kechinmalarning psixikaga yomon ta'sir qilishi natijasida ro'y beradigan holatdir.

Nevrozlar tasnifi uchun I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyati tiplari to'g'risidani ta'limoti katta ahamiyatga ega.Nevrozlar ko'pincha nerv tizimi kuchsiz yoki muvozanatlashmagan kuchli tipdagi kishilarda vujudga keladi.

Odam shaxsining o'zi va uning tarixiy rivojlanish davrida shakllangan butun xususiyatlari nevrozlarning vujudga kelishida muhim rol o'ynaydi.

AyniqSA qiyin va uzoq davom etadigan mushkul vaziyatlar tug'ilsa shu mahalgacha soppa sog' yurgan odamlarda ham nevrozning hamma asosiy formalari, jumladan isteriya paydo bo'lishi mumkin.

Biroq isterik xarakter ko'rinishidagi moyillik bo'lsa anna shunda ko'pincha isteriya kelib chiqadi.Isterik xarakter asosan odamning nozik qilib tarbiyalanib, turmushga moslashaolmaydigan, no’noq bo’lib qolishi natijasida shakllanib boradi.

Nevrozning yana bir formasi nevrasteniyaning paydo bo'lishida xarakterdagi bir qator xususiyatlarni noto'g'ri shakllanishi sabab bo'ladi.

Ota-onalar balalarn kuch va imkoniyatlarini hisobga olmay turib, muvaffaqiyat qozonishga undashi shu hildagi xarakter shakllanishiga imkon beradi.

Odamning yoshlikdan ortiq darajada hissiyotli qilib tarbiyalanishi va ziddiyatli murakkab vaziyatlarda bir qarorga kelishi zarur bo'lib turgan sharoitlarda o'z xarakterlarini bo'g'ib qo'yishga moyil bo'lishi ko'pincha miyadan nari ketmaydigan hayolnevrozining kelib chiqishiga yo'l ochadi.

Bemor kayfiyati pasayib umidsizlik o'z-o'zidan qoniqmaganlikni ifoda etadi.Hayoldan ketmaydigan fikrlar nevrozi uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi, surunkasiga kechish xususiyatiga ega.



Psixoz nima?

Psixogen psixoz (reaktiv psixoz) – ruhiy jaroxatga yoki ko'ngilsiz xodisaga javoban vujudga keladigan psixotik pog'onadagi patologik jarayon.

Reaktiv psixozlar psixogen asab buzilgan holatlarga nisbatan qisqaroq, alomatlari og'irroq, psixomotor va effektiv buzilishlarning kuchliligi, vasvasa gallyusinasiyalar, qo'pol isterik buzilishlar Bilan tavsiflanadi.

Reaktiv psixozlarga olib keluvchi sabablar quyidagilar hisoblanadi.

Hayot uchun xavfli bo'lgan vaziyat yaqin kishidan ajralib qolish, tabiiy ofat, xarbiy xolat, xibs, xizmatdagi kelishmovchilik va boshqalar.

Reaktiv holatlarning vujudga kelishida bosh miya holati muhim ahamiyatga ega.Bu holatlar ko'pincha psixopatik shaxslarda, miya shikastlanganda, og'ir somatik kasalliklarda tezda paydo bo'ladi.

O'smirlar va qariyalar ayniqsa tashqi ruhiy ta'sirotlarga chidamsiz bo'ladi.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari.



  1. Psixogen kasalliklarning asosiy formalarini ayting?

  2. odam nerv sistemasi sog'lom bo'lsa, isteriya bilan og'rib qolishi mumkinmi? Isterik xarakterning xususiyatlarini ta'svirlab bering.

  3. Psixogen psixozning kelib chiqishining asosiy sabablari nimalar?


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar.

1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

2. Barkamol avlod orzusi T. 2000


  1. Psixologiya Slovar 1990

  2. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

  3. Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997

Mavzu yuzasidan test savollari

1. Psixogeniyalarga qaysi qatorda to'g'ri ta'rif berilgan?

*A) psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar

B) ichki kasalliklar

C)hayajonlanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar

D) miyadan nari ketmaydigan hayol

E) jazavaga tushish kasali

2. Psixogen kasalliklarning ko'p tarqalgan formalari qaysilar?

A) psixoz, afaziya, nevroz

B) eyforiya, isteriya, disforiya

*C)nevrasteniya, isteriya, nevroz

D) depressiya, nevroz, eyforiya

E) disforiya, nevrasteniya, isteriya

3. Stress nima?

A) qisqa muddatli ruhiy holat

B) to'satdan paydo bo'luvchi ruhiy holat

C)his-tuyg'u

D) kuchli ruhiy holat

*E) uzoq muddatli kuchli ruhiy zo'riqish

4. «Odamning oliy nerv faoliyati hususida I.Pavlov tomonidan ajratilgan tiplar nevrozlar kelib chiqishda katta ahamiyatga egadir», degan fikrni qaysi olim aytgan?

A) Selye

B) V.N.Myasishchev

C)Sechenov

D) Luriya

E) Shuls

5. Samotogen kasalliklar ta'rifi qaysi javobda ko'rsatilgan?

A) Kuchli hayajonlanish ta'sirida kelib chiqadigan kasallika aytiladi

B) Ichki kasalliklar ko'rinishiga aytiladi

*C)Psixik kasalliklar somatik sabablar tufayli kelib chiqsa, samotogen kasalliklar deb ataladi.

D) Ruhiy kasalliklar samatogen kasalliklardir.

E) Nevroz, isteriya kasalliklarini kelib chiqishi samotogen kasalliklar deyiladi.

Aim.uz



Yüklə 18,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin