Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137
psihiatriya-qollanma

Gallyutsinogenlar giyohvandligi (LSD va boshqalar). Bu moddalarga tez 
o‘rganib qoladi. Bemorlarda depressiya yoki maniakal holat, deliriy, 
gallyutsinator-vasvasali va depersonalizatsiya holatlari kuzatiladi.
Toksikomaniyalarning 
klinik 
ko‟rinishi
Toksikomaniya-narkotik 
moddalar ro‘yxatiga kirmagan tabiiy va sun‘iy zaharlovchi moddalarni iste‘mol 
qilish natijasida yuz beradigan vaqtinchalik yoki surunkali zaharlanish holati. 
Toksikomaniyani 
keltirib 
chiqaruvchi 
moddalarning 
asosiysi 
psixotrop 
moddalardir. Trankvilizatorlar, parkinsonizmda qo‘llaniladigan moddalar, 
antidepressantlar, ruxiy holatni tetiklashtiruvchi dorilar (tsentedrin, kofein), 
korxonalarda va sanoatda ishlatiladigan kimeviy moddalarni xidlash natijasida 
toksikomaniyaning o‘tkir va surunkali zaharlanish belgilari namoyon bo‘ladi. 
Toksikomaniyaning o‘tkir zaharlanishda 4 ta bosqich farqlanadi: eyforiya, ongning 
uzgarishi, gallyutsinatsiyalar, holatdan chiqish bosqichlari. Surunkali zaharlanishda 
psixoorganik sindrom belgilari namoyon bo‘ladi. Toksikomaniyalarda ham xuddi 
narkomaniyalardagi singari shu moddalarga moyillik va chidamlilikning oshishi, 
xumor holatining paydo bo‘lishi kuzatiladi. 
Psixofarmakologik moddalarni iste‟mol etish bilan o‟tadigan 
toksikomaniyalar. Bemorlar o‘z holatlarini yaxshilovchi har qanday
psixofarmakologik moddalarga o‘rganib qolishlari mumkin. Bu holat ko‘pincha 
psixotrop (trankvilizatorlar, antidepressantlar) moddalar bilan uzoq davolashda 
yoki psixopatik shaxslarda, nevrozlarda, ipoxondrik holatdagi bemorlarda 
kuzatiladi. Hozirgi vaqtgacha psixofarmakologik moddalarga moyillik belgilari 
haqida umumiy fikrlar yo‘q. Lekin ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
neyroleptiklarga jismoniy moyillik rivojlanganda bosh og‘rishi, bexushlik 
holatlari, yurak urishi tezlashishi, titroq bosishi, tutqanoqlar, psixoz holatlari 
kuzatiladi. Ko‘pincha benzodiazepam turkumidagi psixotrop moddalarga 
(xlordiazepoksid, diazepam, nozepam, nitrozepam, lorazepam, tazepam) ham 
moyillik bo‘lishi mumkin. Shu moddalar uzoq vaqt iste‘mol etilganda ularga 
chidamlilik oshadi, xumor (qo‘rquv, uyqusizlik, bezovtalik, ko‘p terlash, titroq) 
holatlari paydo bo‘ladi, bu esa jismoniy moyillik, vegetativ o‘zgarishlar paydo 


115 
bo‘lishiga olib keladi. Psixofarmakologik moddalarni surunkali iste‘mol etishda 
toksikomaniyalarga xos shaxs o‘zgarishlari asta-sekin rivojlanib boradi. Bu shaxs 
o‘zgarishlari befarqlik, mujmallik, o‘zini tuta bilmaslik, jahldorlik, kayfiyatning 
o‘zgaruvchanligi, qiziqishlari faqat davolashga qaratilganligi bilan kuzatiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin