113
Bangilar kokainni iste‘mol qilganlarida, ularda fikrlash qobiliyatining kuchayishi,
sergaplik, harakatchanlik bilan o‘tadigan eyforiya holati kuzatiladi. Oqibat natijada
ularda darmonsizlik, jaxldorlik, mushaklar bo‘shashuvi
va titroq holatlari
aniqlanadi. Kasallikning birinchi yillaridayok bemorlarda qo‘rslik, o‘zbilarmonlik,
maydagaplik, jaxldorlik, o‘ziga qaramaslik holatlari bilan kechadigan chuqur shaxs
o‘zgarishlari rivojlanadi. Agar kokain surunkasiga iste‘mol qilinsa psixozlar kelib
chiqadi.
Barbituromaniya. Barbituromaniya (uxlatadigan moddalar iste‘moli
giyohvandligi). Ko‘pincha alkogolizm, af‘yun giyohvandligida uchragan
bemorlarda yoki ko‘p vaqt uyqusizlikdan qiynalayotgan kishilarda uchraydi.
Oxirgi ko‘rsatilgan holatdagi shaxslarda barbituratlarning uyqu keltiruvchi miqdori
ko‘payib boradi, bu esa eyforiya holatiga olib keladi.
Ana shu eyforiya holati
bemorlarni barbituratlarga o‘rgatib qo‘yadi. Kasallikning rivojlanishi boshqa
narkomaniyalardagi kabi, xumor holatlari og‘ir kechib, kuchli asteniya, uyqusizlik,
xavotirlanish mushaklar uchishi, ich ketish holatlari bilan ifodalanadi. Xumorning
4-5 kunlarida bemorlarda tutqanoqlar, psixozlar (deliriy, gallyutsinoz)
kuzatilishi
mumkin. Kasallikning rivojlanishi boshqa narkomaniyalardagi kabi barbituratlar
uzoq vaqt iste‘mol etilganda bemorlarda surunkali
eyforiya,
jaxldorlik,
disforiya, parishonxotirlik, 4-5 yildan so‘ng
organik dementsiya, xotira va aql-
idrokning susayishi bilan nevrologik o‘zgarishlar (talaffuz buzilishi, titroq,
muvozanat yo‘qolishi) kuzatiladi.
Psixostimulyatorlar giyohvandligi (amfetaminlar
- fenamin, fenatin,
efedrin). Bu moddalar qabul qilganda kuchga to‘lish, jo‘shqinlanish, harakatlar
kuchayishi bilan o‘tadigan eyforiya paydo bo‘ladi. Xumor uzoq uyqusizlik, o‘z-
o‘zini ayblash bilan o‘tadigan
depressiya holati, suikasd qilish kabi o‘zgarishlar
bilan ifodalanadi. Ko‘pincha hushning buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik bilan o‘tadigan
psixozlar, ba‘zan esa ta‘qib va munosabat vasvasalari, eshitish, ko‘rish
va sezish
gallyutsinatsiyalari kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.