160
Benzonal tutli hurujlarda qaltirashga qarshi ishlatiladi. Psixomotorli xurujda
esa kam samara beradi.
Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi.
Bura tonik qaltirashda qo‘llaniladi.
Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi.
Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir.
Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo‘laniladi.
Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir.
Finlepsin tegretolga o‘xshash, lekin ko‘p ta‘sirli emas.
Epilepsiya davolashda turli dorivor giyohlar qo‘llaniladi (Sereysk, Vorobyov,
Bexterev, Brodskiy va boshqalar).
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, Brodskiy miksturasi va aminazin yaxshi ta‘sir
ko‘rsatadi (ayniqsa katta qaltirash xurujida).Epileptik status shoshilnch xolat, tez
tibbiy yordam ko‘rsatish lozim.
Harorat darajasi yuqori ko‘tarilgan-antibiotiklar, yurak faoliyati buzilganida
kordiamin, kofein, nafas yo‘li buzilganida-lobelin.
Dori-darmonlarning faqat o‘zi epilepsiyani davolashda to‘liq samara bera
olmaydi. Kasallikka qarshi kurashda bolaning to‘g‘ri hayot kechirish ahamiyatli.
Bola ko‘p vaqtini toza havoda o‘tkazishi lozim. O‘z vaqtida doimiy va etarli uyqu
bo‘lishi kerak. To‘g‘ri ovqatlantirish, ovqat to‘yimli va vitaminlarga boy bo‘lmog‘i
lozim. O‘tkir, tuzli ovqatlar to‘g‘ri kelmaydi. Spirtli ichimliklar ichmasligi kerak.
Uyqu oldidan yuvintirish zarur. Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya
bilan shug‘ulanish, ko‘p cho‘zilmagan holatda. Tajriba ko‘rsatadiki, hech qanday
ma‘lumot bilan shug‘ullanmagan kishilarda epilepsiya ko‘proq bo‘ladi. Bola
kasallikka qaramasdan maktab programmasini o‘zlashtira olsa, maktabga boradi,
sinfda og‘ir kechikmalar, xuruj bo‘lsa, vaqtincha to‘xtatiladi, bu bolalar
bog‘chasiga ham tegishlidir. Katta epilepsiya bilan kasallangan o‘smirlarni
mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo‘ladi. Har qanday foydali mexnat miya
faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: