«properties of integrated field transistors» S. M. Raximova



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix05.12.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#173322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12. Jo`rayeva. Negmurodova S

ФИО авторов
Joʻrayeva Nargiza Oltinboyevna 
– BuxDU tayanch doktoranti
 
Negmurodova Sanobar G’ayrat qizi 
– BuxDU 3-bosqich talabasi
 
Название 
публикации:
«SIRKUL VA CHIZG’ICH YORDAMIDA 
YASASHGA DOIR MASALALAR»
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida matematika fanining “Sirkul va 
chizg’ich yordamida yasash” mavzusini oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha 
fikr mulohazalar yuritilgan. Dars jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan interfaol 
usullardan “Mosini top” oʻyini va “Mavzuga oid testlar” usulidan namunalar. 
Kalit soʻzlar:
matematika fani, dars jarayoni, interfaol usullar, sirkul, chizg’ich. 
Kirish. 
Ta’lim — imkoniyatlar tеngligini ta’minlaydigan buyuk mеzon. U jamiyat aql-
zakovatining yuksalishi, raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar koʻpayishining 
muhim omili vazifasini oʻtaydi. Ta’limning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin 
kuchayib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustahil ravishda faoliyat 
koʻrsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iborat. Buning 
uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib bеrish 
zarur. 
Hozirgi zamon aqliy salohiyatli, ma'nan baquvvat, murakkab vaziyatlarda oʻzini 
yoʻqotib qoʻymaydigan, atrofda boʻlayotgan voqеalarga xolis baho bеra oladigan 
avlodni еtishtirishni talab qilmoqda. Bunday yoshlarni kamol toptirish uchun ta’lim-
tarbiya jarayonida intеrfaol mеtodlar, innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ta’limda pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi oʻqitish tizimida 
oʻquvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, oʻquvchilarni oʻquv 
materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan 
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga 
aylantirishdir. Shundagina oʻquvchilar muhim hayotiy yutuq va muammolar, 


825 
oʻtiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi boʻyicha oʻz fikriga ega boʻladi, oʻz nuqtai 
nazarini asoslab bera oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim 
talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak 
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquvchilarga 
yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil 
qilish, shuningdek, oʻquvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan 
bilim, ko„nikma va malakalar darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik 
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin