Профессии


-7 YOSHLI BOLALARDA DIQQAT XUSUSIYATLARINING RIVOJLANISHI



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə3/5
tarix24.10.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#160422
1   2   3   4   5
Loyiha ishi Rasulova

6-7 YOSHLI BOLALARDA DIQQAT XUSUSIYATLARINING RIVOJLANISHI

  • Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlariing xilma-hil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. 6-7 yoshli bolalarda jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollarda ixtiyoriy diqqat turining jadal rivojlanib borayotganidan darak beradi.
  • 6-7 yoshli bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning ma’lum bir mashg‘ulot ustida, ta’limiy faoliyatlarda, yoki biror bir qiziqarli o‘yinlar ustida uzoq vaqt zerikmay soatlab o‘ynay olishlari va bajarishlaridan bilishimiz mumkin.6-7 yoshli bolalarda avvalgi davrga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ancha kengayib boradi. Biroq bu yoshdagi bolalarda diqqat ko‘lami kattalarnikiga nisbatan ancha tor bo‘ladi. Masalan katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtning o‘zida 5-6 narsani miyasiga singdira olsa, 6-7 yoshli bolalarda esa bir vaqtning o‘zida 1-2 narsani yoki ma’lumotni miyasiga singdira oladi.

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA DIQQAT XUSUSIYATLARINI O’RGANISHNING PSIXOLOGIK MAQSADI

  • Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy –psixologik tayyorgarligiga ham bog‘liq. Maktabda shaxsiy va ijtimoiy –psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatlarini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. 6-7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchini uzoq vaqt tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga ham bog‘liq.Chunki shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar.. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin