Proceedings of Global Technovation



Yüklə 207,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü207,06 Kb.
#168532
Qattir jismli lazerlar va ularning afzalligi



Proceedings of Global Technovation 
5
th 
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com 
 
March 30
th
 2021 
245 
QATTIR JISMLI LAZERLAR VA ULARNING AFZALLIGI 
Yusupova Madinabonu A'zamjon qizi
Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti o'qituvchisi 
Alimova E'tiborxon A'zamjon qizi
Namangan davlat universiteti magistranti. Andijon viloyati Baliqchi tumani 35 
umumiy o'rta talim maktabi o'qituvchisi. 
Ibragimova Dinora Ma'rufjon qizi 
And tumani 54-umumiy òrta ta'lim maktabi 
Ma’lumki optik diapazondagi elektromagnit to’lqinlarning manbai har qanday 
moddaning tashkil etuvchi uning atom, ion yoki molekulalaridir. Bu zarralarni tashqi 
elektromagnit maydon ta’siri ostida uyg’ongan holatga keltirish mumkin. Uyg’ongan 
holatdagi atomning yashash davri 10
-8
s ga teng. Bunday holatdagi atomga tashqi ta’sir misol 
uchun elektromagnit maydoni ta’sir etmasa u holda uyg’ongan holatni xarakterlovchi yuqori 
energetik satxdan pastki energetik satxga o’tish o’z-o’zidan ya’ni tasodifiy ravishda amalga 
oshadi. Bunday o’tish natijasida xosil bo’ladigan nurlanish jarayoniga spontan nurlanish 
deyiladi.
1916 yilda A.Eynshteyn jismlar nur chiqarishining kvant xarakterini tahlil qilib 
nurlanishni ikki turi – spontan (o’z-o’zidan) va majburiy (induksion) nurlanishlar mavjud 
ekanligini nazariy jixatdan asosladi. Spontan o’tish paytida uyg’ongan atomlarning yuqori 
energetik satxdan pastki energetik satxga o’tishi tashqi ta’sirga ya’ni elektromagnit maydon 
ta’siriga bog’liq bo’lmaydi, ya’ni bu holda hosil bo’ladigan nurlanish mustaqildir. 1939 yilda 
V.A.Fabrikant birinchi marta yorug’likni kuchaytiradigan muhit hosil qilish mumkinligini va 
shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga kuchaytirilishi g’oyasini olg’a surdi. 1960 yilda 
esa T. Meyman tomonidan qattiq jismli, optik diapazonda (λ = 6943 А
) ishlaydigan optik 
generator yasaldi. Bunday generatorlar lazerlar deb ataladi.
Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat : aktiv muxit, majburiy yig’ish (optik nakachka) 
sistemasi, optik rezenator. 
Aktiv muxitning agregat holatlariga ko’ra lazerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) Qattiq jism lazerlari 
b) Bo’yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo’yoq lazer 
v) Gaz lazeri
g)Yarim o’tkazgichli va kimyoviy lazerlar. 
Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha 
lazеrlarini ko’rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar panjaralariga 
aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to’rt enеrgеtik 
satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati juda katta. Lazеrlarning 
taraqqiyoti umuman qattiq jism lazеrlaridan bоshlangan. 


Proceedings of Global Technovation 
5
th 
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com 
 
March 30
th
 2021 
246 
1-rasm. Yoqut aktiv kristalida malburiy o’tish xisobiga lazer nurining hosil bo’lish 
sxemasi 
Qattiq jism lazеrlarida elektroaktiv kirishma atomlari mavjud bo’lsa, ularning ionlari 
energetik satxlarda yorug’lik (optik) nurlari yordamida invers to’ldirish hosil qilinadi. Bunday 
lazerlar samarali ishlashi uchun ular: 
-
Katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo’lishi; 
-
Optik jihatdan bir jinsli
-
Mexanik mustaxkam va issiqlikka chidamli; 
-
Texnologik ishlovlarga qulay; 
-
Katta o’lchamli aktiv qismlar tayyorlash imkoniga ega; 
-
Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishi kerak. 
Bu talablarga javob beruvchi aktiv elementlar soni cheklangan bo’lgani uchun qattiq 
jismli lazerlar turlari ham cheklangan. Amalda ko’proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli 
granatdan yasalgan lazerlar ishlatiladi. Neodimli shisha asosidagi lazerlarda 4 satx ishlaydi. 
Shisha matritsa asosidagi lazerlarning afzalligi, katta o’lchamli diametri 5-10 sm, uzunligi 2 
m li aktiv elementlar tayyorlash mumkin. Bu esa katta energiyali nurlanish impulslari olish 
imkonini beradi. Bu lazerlar nurlanish energiyasi diapazoni kengligi va arzonligi bilan 
boshqa lazerlardan (rubinli) ustun turadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Otaxo’jayev A.K., Jo’rayev B.S., Molekulyar optika. Samarqand, Universitet. 1992. 
2.
Фабелинский И.Л. Молекулярное рассеяние света. М. Наука. 1982. 
3.
Otajonov SH. Molekulyar optika. Toshkent. Universitet. 194. 
4.
Tursunоv А.T., Tuxlibоеv О. Kvаnt elеktrоnikаsigа kirish. 
5.
Lаndsbеrg G.S. Оptikа, Nаukа, M. 2005. 

Yüklə 207,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin