Problem solving – 1



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix06.02.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#83204
1   2   3   4   5
ilovepdf merged

Problem solving – 3
1. 3 xonali natural sonning chap tomoniga 4 raqamini yozish orqali A ni, o’ng 
tomoniga yozish orqali esa B ni hosil qilamiz. Agar A + B = 8 481 bo’lsa, berilgan 
3 xonali sonning raqamlari ko’paytmasini toping. 
A) 15
B) 12
C) 18
D) 0
2. Quyida 1 dan 8 gacha raqamlangan kublar ikkita ustunda joylashtirilgan: 
Agar kublarni bitta ustun qilib yuqoridan pastga kamayish tartibida joylashtirilsa, 
nechta kub yerdan o’zini oldingi balandligini saqlab qoladi? 
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
3. Quyida 1 dan 5 gacha sonlar shunday joylashtirilganki, har bir satr va ustunda 
sonlar takrorlanmasdan joylashgan: 
Agar, strelka tomon sonlar kamayish tartibida yozilgan bo’lsa, ya’ni 
kabi ekanligi ma’lum bo’lsa, a + b + c ning qiymatini toping. 
A) 8
B) 7
C) 6
D) 5
4. 
𝑎𝑏𝑐
̅̅̅̅̅ - turli raqamli 3 xonali son.
∆ (𝑎𝑏𝑐) = “abc sonining eng katta va eng kichik raqamlari orasidagi farqi” 


∆ (752) + ∆ (ab4) = 8 tenglikdan foydalanib , a + b yig’indining eng katta 
qiymatini toping. 
A) 14
B) 12
C) 11
D) 13
5. Quyidagi 10 ta kartaga natural sonlar shunday yozilganki, ixtiyoriy 3 ta yonma-
yon kartadagi sonlar yig’indisi 10 dan katta emas. Agar ketma-ket kartalardagi 
sonlar bir-biridan farqli ekanligi ma’lum bo’lsa, jami kartalardagi sonlar yig’indisi 
eng ko’pi bilan nechaga teng bo’lishi mumkin?
A) 35
B) 36
C) 37
D) 38
6. Berilgan jadvalning 1-qatorida chapdan o’ngga ketma-ket toq sonlar, 2-qatorida 
esa chapdan o’ngga ketma-ket juft sonlar yoziladi. Agar A – D = 7 bo’lsa, B – C 
ning qiymatini toping. 
A) 23 
B) 27
C) 24
D) 25
7. Quyidagi shaklning nechta sirti mavjud (qora rangli sohalarning har biri sirt 
hisoblanadi): 
A) 64 ta
B) 66 ta
C) 48 ta
D) 72 ta
8. Yotoqxonadagi kir yuvish mashinasiga bir martalik yuvish uchun qancha 
miqdorda hid beruvchi va tozalovchi soda kukunlari kerakligi haqida quyidagi 
jadvalda ma’lumotlar berilgan: 
Hid beruvchi soda kukuni Tozalovchi soda kukuni 
Rangli kiyimlar 
20 gr
50 gr 
Oq kiyimlar 
30 gr
70 gr


Agar yotoqxonada kuniga 2 marta rangli kiyimlar va 1 marta oq kiyimlar yuvilishi 
ma’lum bo’lsa, 4 kg hid beruvchi hamda 10 kg tozalovchi soda kukunlari necha 
kun kir yuvishga yetadi? 
A) 57
B) 58
C) 56
D) 59
9. Xudoyberdi dars tayyorlash mobaynida o’zining shaxsiy telefoni o’lchamlarini 
bilish uchun uning ustida quyidagicha o’lchashlarni amalga oshirdi: 
Ahar Xudoyberdining telefoni to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib uning perimetri 
46 sm ga teng bo’lsa, uning yuzasi necha sm
2
ga teng? 
A) 75
B) 80
C) 90
D) 105
10. Quyidagi shakl AB ko’zgu oldida joylashtirildi: 
Uning ko’zgudagi aksi quyidagilardan qaysi birini ifodalaydi? 
11. Men ayni damda ingliz tili o’rganyapman va o’z bilimimni oshirishim uchun 
ustozim menga ingliz tilidagi filmlarni ko’rishni tavsiya qildi. Men Nettflix xalqaro 
programmasi orqali ingliz tilidagi film ko’rmoqchiman. Bu programmada bir 
martalik ko’rish uchun to’lov miqdori belgilangan va mening visa kartamda 4.99 $ 
pul mavjud. Men asosan fantastik va jangovar kinolarni ko’rishni yoqtiraman. 
Kino ko’rish uchun ko’p vaqt sarflolmayman, chunki tez zerikib qolaman. Mening 
xohish va imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holatda quyidagi jadvalda berilgan 
kinolardan qaysi birini ko’rganim afzal? 


Film nomi 
Tili 
Davomiyligi 
(h:m:s) 
Janri 
Bir martalik 
ko’rish narxi 
Titanic 
Fransuz 
2:12:48 
Drama 
5.00 $ 
Groundhog day English 
1:50:44 
Fantastik 
4.45 $ 
Leon 
English 
1:38:00 
Jangovar 
3.60 $ 
By Empire 
English 
2:04:58 
Fantastik 
5.30 $ 
Paddington 
Ispan 
1:50:14 
Klassik 
4.80 $ 
The fault in our 
stars 
English 
2:25:00 
Drama
4.00 $ 
A space 
Odyssey 
Italyan 
1:56:40 
Ilmiy fantastik 
3.0
A) Leon 
B) Groundhog day 
C) The fault in our stars 
D) A space Odyssey 
12. Quyida 4 ta mazaika yordamida kvadrat hosil qilingan: 
Shunga ko’ra, quyidagilardan qaysi biri kvadrat ichidagi mazaikalardan biri emas? 
13. Fakultetdagi talabalar soni haqida quyidagicha ma’lumotlar berilgan: 
• Fakultetdagi o’g’il bolalar 0.45 ga , qiz bolalar esa 0.35 ga teskari 
proportsional.
• Agar fakultetdan 4 nafar o’gil va 3 nafar qiz talabalar safidan chetlatilgan 
bo’lsa, qolgan qiz va o’g’il bolalar soni teng bo’lib qoladi. 
Shunga ko’ra, fakultetda nechta talaba bor? 
A) 48
B) 64
C) 96
D) 120


14. Quyida oq kvadratlar 3 ball, kulrang kvadrat 4 ballga teng hisoblanadi. 
Agar oq kvadratlarga shu kvadrat joylashgan ustunning ballari yig’indisi, kulrang 
kvadratga esa shu kvadrat joylashgan satrning ballari yig’indisi yozilsa, barcha 
kvadratlarga yozilgan ballar yig’indisini toping. 
A) 94
B) 95
C) 96
D) 97
15. 10 $ lik 30 ta pulni 8 kishi quyidagicha taqsimlashmoqchi: 
• Eng kamida 4 ta kishi 10$ dan ko’p pul oladi. 
• Eng kamida 2 ta kishi 50 $ dan ko’p pul oladi.
Agar har bir kishi kamida 10 $ olganligi ma’lum bo’lsa, 1 kishining olishi 
mumkin bo’lgan eng ko’p puli quyidagilardan qaysi biri bo’lishi mumkin? 
A) 180 $ 
B) 150 $ 
C) 190 $ 
D) 160 $
16. Quyidagi jadvalda unli va undosh harflar soni turli tillar kesimida taqsimlanishi 
ko’rsatilgan:
Tillar 
Unli harflar 
Undosh harflar 
Jami 
Rus 
5 ta 
34 ta 
39 ta 
English 
12 ta 
24 ta 
36 ta 
Fransuz 
17 ta 
20 ta 
37 ta 
Ispan 
5 ta 
19 ta
34 ta
Nemis 
17 ta 
25 ta 
42 ta 
Shunga ko’ra, qaysi tildagi unli harflar barcha harflarning 40% idan ko’piga to’g’ri 
keladi? 
A) Fransuz
B) English va Fransuz
C) Nemis 
D) Fransuz va Nemis 
17. Quyidagi kataklarga 5 ta shashkani shunday joylashtirish kerakki, har bir ustun 
va satrda bittadan shashka bo’lsin. Bu ishni nechta usul bilan qilish mumkin? 


A) 2
B) 4
C) 16
D) 32
18. Qutida har bir rangli qalamdan kamida 1 tadan bo’lgan jami 54 ta qizil, pushti, 
yashil va ko’k qalamlar mavjud. Pushti qalamlar soni yashil qalamlar sonining 2 
barobaridan 3 ta ko’p. Agar har bir turdagi qalamlar soni turlicha ekanligi ma’lum 
bo’lsa, pushti rangli qalamlar eng ko’pi bilan nechaga teng bo’lishi mumkin? 
A) 16 
B) 32
C) 35
D) 37 
19. 5 raqami ishtirok etmaydigan quyidagi ketma-ketlik berilgan: 
1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 17…. 
Bu ketma-ketlikning oxirgi hadi 782 bo’lsa, u nechta haddan iborat? 
A) 550 
B) 551
C) 552
D) 553
20. Uch aka-ukaning yoshlari yig’indisi 76 ga teng. Ularning kattasi va o’rtanchasi 
orasida 4 yosh farq bor. Kattasining yoshi kichigining yoshida bo’lganida ularning 
yoshlari yig’indisi 37 ga teng. Shunga ko’ra, aka-ukalarning kichigi necha yoshda? 
A) 18 
B) 21
C) 19
D) 16
21.
Yuqoridagi rasmda tasvirlangandek harakatlanayotgan avtomobil haqida quyidagi 
ma’lumotlar berilgan: 
• U AC yo’lni 80 km/soat tezlikda 15 daqiqada bosib o’tadi. 
• U BD yo’lni 80 km/soat tezlikda 45 daqiqada bosib o’tadi. 
• U AD yo’lni 120 km/soat tezlikda 36 daqiqada bosib o’tadi. 
Shunga ko’ra, BC yo’l uzunligini toping. 
A) 12 km
B) 10 km
C) 8 km 
D) 11 km 


22. A, B, C zavodlar bir vaqtning o’zida ishlab chiqargan mahsulotlari soni mos 
ravishda 2, 3 va 10 ga teskari proportsional. Shu 3 ta zavod 30 soatda ishlab 
chiqaradigan mahsulotni A fabrika necha soatda ishlab chiqaradi? 
A) 44
B) 50
C) 54
D) 56
23. Quyidagi grafik 3- va 4-sinflar miqyosida barcha fan olimpiadalarida qancha 
o’quvchilar sovrindor bo’lganligini ko’rsatadi: 
Shunga ko’ra, 3-“A” sinfda sovrindor bo’lgan o’quvchilar 4-“A” sinfda sovrindor 
bo’lgan o’quvchilardan necha foizga ko’p? 
A) 100 %
B) 200 %
C) 150 %
D) 80 % 
24. Oshpaz 1 soatda 2 ta paxlava , shogirdi esa 2 soatda 1 ta paxlava tayyorlaydi. 
Oshpaz tayyorlagan paxlavaning 10 % , shogird tayyorlagan paxlavaning 20 % 
eksport qilinadi. Shunga ko’ra, oshpaz va uning shogirdi birgalikda 150 ta paxlava 
tayyorlaganligi ma’lum bo’lsa, ularning nechtasi eksport qilingan? 
A) 20 ta
B) 18 ta
C) 24 ta
D) 22 ta



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin