Pirimqul Qodirovning “Yulduzli Tunlar” romani


Romanning qisqacha mazmuni



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122390
1   2
0013 13 mavzu Yulduzli tunlar

Romanning qisqacha mazmuni


Adib butun asar mobaynida Boburning shoh, fotih sifatida qilgan
shavqatsizliklari uning eng katta gunoh ekanligini ta’kidlaydi.
Asarda Bobur bilan yonma-yon Shayboniyxon (“imoni zamon”, “xalifai Rahmon” deya ulug’langan shaxs), Oyshabegim, Zuhrabegim, Xadichabegim, Xonzodabegim, Gulbadanbegim, Malika Bayda, Mohim, Humoyun, Qutlug’ Nigorxonim kabi tarixiy shaxslar obrazi ham yaratilgan. Zuhrabegim va Xadichabegimga munosabatidayoq Shayboniyxonnning o’ta yovuz, shavqatsiz, uyatsiz, munofiq bir kimsa ekani ayon bo’ladi.
Zuhrabegimning bosqinchi xon “iltifotiga” umid bog’lab, uning maktubidagi soxta sevgi izhoriga ishonib huzuriga kelishining o’ziyoq bu ayol ma’naviy saviyasi qay darajada ekanini oshkor qiladi.
  • Adabiyotimizda buyuk shoh va shoir hayotining ayrim bosqichlariga bag'ishlangan Oybekning ,,Bobur”, E. Vohidovning ,,Kelajakka maktub".

  • B. Boyqobilovnuig ,,Kun va tun". X. Sultonning ,,Bobur-noma" singari turli janrdagi asarlari mavjud. „Yulduzli tunlar”da esa Boburning deyarli butun ongli hayoti yaxlit yaratilgan. Adib roman janrining yuksak talablariga amal qilish bilangina kifoyalanmay, janr tabiatini yanada boyitishga munosib hissa qo'shdi.
  • Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e'tiborli. Humoyun og'ir betob bo'lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi; “Sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og 'ir dardingni xudo sendan olib menga bersin… .

...Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marra aylandi-yu:
  • E, parvardigor! — deb iltijo qildi. Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo'lsa, umr-u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin-u, xudo Humoyunga shifo bersin!“

  • Manbalar bu voqea haqiqatan tarixda ro'y berganini tasdiqlaydi. Humoyun ko'p o'tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to'g'ri keladi.
  • Roman ham ko'p o'tmay shu tasvirdan so'ng yakun topadi.Yozuvchi bu singari tarixiy faktlarni e'tirof etish bilangina cheklanmaydi, albatta. Taxayyulni erkin qo'yib, ularga badiiylikning jonli suvini ichiradi.
  • Shu ma'noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, xayollari, orzu- armonlarining yuksak mahorat biian tasvirlanganini ta'kidlash zarur Onasi Qutlug' Nigorxonim bilan Boburning nafas olishidayoq bir- birlarini tushunishlari, inining Xonzodabegimni nainki so'z, balki yurak bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlardagi his-hayajonlar tasviri Pirimqul Qodirovning ruhiyat manzaralarini ko'rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi.

Yozuvchi Boburni ko'p hollarda ichki kolliziya, ichki dramatizm, azobli, iztirobli vaziyatlarda ko'rsatadi. Qahramon o'z-o'zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan savollarga shu yo'sinda javob izlaydi va topadi. O'zga qahramonlar bilan ba'zan
so'z orqali emas, ichdan, vujud tili orqali muloqotda bo'ladi. Bu esa qahramon ruhiyatini teran yoritish imkonini beradi. Mana, Boburning podshoh, sarkarda, shoir, muarrix sifatidagi buyuk fazilatlaridan tashqari oddiy bir inson sifatidagi ko'rinishi.
Zaharlangan Bobur ruhiyati shunday chiziladi:
Butun asardavomida qahramonlarni, ularning o'y-kechinmalarini, harakat qilayotgan shart-sharoitlarni. muhitni, tabiatni. hatto olinayotgan nafaslar harorattni. ayni lahzada pardalardan ichkariga yoyilayotgan nur tarovati va hokazolarni shu qadar mahorat bilan badiiy go'zal tasvirlaydiki, kitobxon asar o'qiyotganini unutib, shu muhitda yashnyotgandek his etadi o'zini.
Bobur Hindistonda saltanatni boshqarganda podsho bo‘lishning shon- shavkati bilan bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni,
,,xatolig'"-u, ,,yuzi qarolig"'larni boshidan kechirgan. Vatan sog'inchi
bilan o'rtangan. Bu yo'nalishda uning ajoyib, dilbar she'rlari ham bor. Yozuvchi qahramoni tabiatiga doir ana shunday tarixiy gavhar dalillarni saralab, badiiy yaxlitlik bilan nurlantiradi. Natijada, yozuvchining mahoralidan nurlangan harorat badiiy jozibaga aylanadi va butun asur hujayralariga iliqlik baxsh etadi.
“Boshidan o’tgan o’lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Uning joni shuncha vaqt qil uchida osilib turganini o'ylasa, beixtiyor vahmi kelardi. Shu qil uzilsa, o'lim deb ataladigan zulmat qa'rigoqulab tushishini ikki kun davomida muttasil his qilish unda yashash istagini behad kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi, bir uchquni dunyoning barcha boyliklari-yu, toj-u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga endi astoydil sezildi".
Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o'z-o'zidan bo'ladigan ish emas. Buning uchun yozuvchi shunday his tuyg'ularni o'z qalbidan o'tkaza olishi kerak. Pirimqul Qodirov o'zi aytganidek, adib ,,tarixiy shaxslarning ichki dunyosiga o‘z ichki dunyosi orqali yol topadi".
  • Mustaqillik davriga kelib, ,,Yulduzli tunlar”dek tarixiy asarning qadr-qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman Vatan, millat, ulug' ota-bobolarimizga mehr-muhabbatini yanada e'zozlashga undaydi.

Mavzu yuzasidan savollar

  • “Yulduzli tunlar” asari nechi yil davomida yozilgan?
  • “Yulduzli tunlar” asari qachon nashr qilingan?
  • “Yulduzli tunlar” asarining mantiqiy davomi qaysi asar?
  • “Yulduzli tunlar” asari muallifi kim?
  • “Yulduzli tunlar” asarining bosh qahramoni kim
  • Uyga vazifa :
  • “Yulduzli tunlar” romanidagi timsollarga tavsif berish

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin