Pinbord usuli



Yüklə 53,29 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü53,29 Kb.
#126597
Pinbord usuli



Pinboard” metodi
( inglizchadan: pin - mustahkamlash, board - doska)
Bu oʻqitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki oʻquv suhbati amaliy metod bilan bogʻlanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari - rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: oʻquvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi.


Pinbordning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va tarkibi

Faoliyat

Oʻqituvchi

Oʻquvchi

1-bosqich
Tayyorlov

Mavzuni aniqlaydi, maqsadni aniq ifoda etadi, natija va baholash mezonini aniqlaydi.

Qiziqtiruvchi (muzokarani) savol va asosiy fikrlarni shakllantiradi.





2-Bosqich
Mavzuni ishlash

Mavzu tuzilishini aniqlaydi, oʻz mulohazalarini bildiradi va oʻquvchilarga oʻz nuqtai nazarlarini bayon etishni taklif etadi.
“Pinbord” metodini tushuntiradi.
Munozara boshlanishini tezlashtirish uchun bir nechta tayyorlangan savollarni berishi mumkin.

Mavzuni, uning maqsadi asosida o`qituvchi bergan savollarni yozib oladi.
Munozara vaqtida mavzuni ishlab chiqadilar.

3-Bosqich
Oʻz xulosalarini yozma bayon etish

Kuzatadi.


Munozara davomida shakllangan fikrlarini asosiy xulosalar koʻrinishida qogʻoz varogʻi yoki kartochkaga yozib doskaga ilib qoʻyadilar.

4-Bosqich
Umumlashtirish

Maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan koʻmak berish.


Oʻquv guruhining 2 - 3 a’zosi oʻrtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydilar va guruhlarga boʻladilar. Strelka, chiziq va boshqa belgilar yordamida ularning oʻzaro munosabatini: bir butun yoki qarama - qarshi nuqtai nazarni shakllantiradilar

5-bosqich
Yakun yasash, tahlil qilish, baholash

Oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.


Oʻz-oʻziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin.



Yüklə 53,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin