Pedogogik mahorat



Yüklə 61,54 Kb.
səhifə8/8
tarix27.08.2023
ölçüsü61,54 Kb.
#140772
1   2   3   4   5   6   7   8
Педагогика

3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

  • individual va guruhda ishlash;

  • muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;

  • har bir yechimning imkoniyatlari va

to‘siqlarni tahlil qilish;

4-bosqich: Keys yechimini yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

  • yakka va guruhda ishlash;

  • muqobil variantlarni amalda qo‘llash

imkoniyatlarini asoslash;

BAHS-MUNOZARA” metodi
BAHS-MUNOZARA” METODI - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak. “Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

  • “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish;

  • fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

  • bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi va o‘zaro hurmat.

Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.

  3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

  4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

Bahs-munozara” metodining afzalliklari:

  • ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

  • ta’lim oluvchilar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi;

  • ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Bahs-munozara” metodining kamchiliklari:

  • ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;

  • ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.


Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima kilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o‘z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.
Axborot texnologiyasi –axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Ayni paytda axborot texnologiyasi haqida fikr yuritganda «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so‘zlarini ko‘shib ishlatiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasi (AKT)-bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do‘stona» interfeysga ega bo‘lgan axborot texnologiya demakdir.



Yüklə 61,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin