“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#120256
1   2   3   4   5   6   7
202-207

ADABIYOTLAR TAHLILI 
Kimyo fanini o‘qitish, kimyo o‘qitish metodikasini fan sifatida shakllanishida 
rossiyalik metodist olimlardan V.N.Verxovskiy, P.P.Lebedeva, L.M.Smorgonskiy, 
YA.L.Goldfarb, YU.B.Xodakov, S.G.SHapovalenko, L.A.Svetkova, I.N.CHertkova, 
V.S.Polosina, V.P.Garkunova, N.E.Kuznetsova, D.M.Kiryushkina, G.I.SHelinskiy, 
M.S.Pak, O.S.Gabrielyan va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ushbu metodist 
olimlar tomonidan ilk o‘quv-metodik materiallar komplekslari, o‘quv darsliklari, 
mashq daftarlari va o‘qitish jarayonida qo‘llashga mo‘ljallangan boshqa didaktik 
manbalar tayyorlangan [1;19-76]. Pedagogik texnologiyalardan ta’lim sifatini oshirish 
jarayonida foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish, ta’lim jarayonida 
innovatsion metodlardan foydalanish, darslarda guruhli va individual usullarni 
qo‘llash borasida respublikamiz olimlaridan H.T.Omonov, N.Azizxo‘jaeva, 
Z.Mamajonova, N.X.Xo‘jaev, S.A.Madyarov, E.U.Eshchanov, O‘.Q.Tolipov, 
M.Usmonboeva, M.B.Xattabovlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Kimyo fanini 
va uning bo‘limlarini o‘qitishda didaktik materiallarni ishlab chiqish va qo‘llash 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
204 
haqida, kimyo ta’limini samarali tashkil qilish va boshqarish usullari, kimyo fanini 
o‘qitishda algoritmlar va dasturlardan foydalanish, kimyo ta’limini tashkillashtirish 
shakllari, kimyo o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, kimyo 
darslarida innovatsion metodlardan foydalanishning nazariy asoslarini o‘rganish 
bo‘yicha chet el olimlaridan E.G.Polupanenko, V.A.Kuzurman, I.V.Zadorojniy, 
E.E.Minchenkov, 
M.S.Pak, 
D.K.Bondarenko, 
S.S.Kosmodemyanskaya, 
S.I.Gilmanshina kabilarning ishlari diqqatga sazovordir [2;3-4]. Rus maktablarida 
kimyo o‘quv kursining shakllanishida G.M.CHernoblskaya va N.E.Kuznetsovaning 
xizmatlari beqiyosdir. P.A.Orjekovskiyning fikricha: “Rivojlanish-faol va ongli 
faoliyat natijasida paydo bo‘ladigan qabul qilish, fikrlash, tasavvur qilish, xotira kabi 
shaxsning bilish jarayonining ijobiy o‘zgarishlaridir.” Rivojlantiruvchi ta’limning 
asoslari, jumladan olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash jarayonida 
rivojlantiruvchi ta’limning ahamiyati mashhur psixolog L.S.Vigotskiy tomonidan 
izohlab berilgan [4; 2-5]. Kimyo fani uning bo‘limlarini o‘qitish metodikasining 
O‘zbekistonda o‘rganilish jarayonini tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi yillarda professor 
H.T.Omonov kimyo fanini o‘qitish metodikasi sohasini rivojlanishiga ulkan hissa 
qo‘shdi. Qolaversa, o‘zbekistonlik olimlardan A.Mamajonov, J.Fayozov, T.Gulboev, 
G‘.Boymurodov, M.Umarov, A.Azimov, SH.Quvvatov, J.Mamajonov, F.Alimova va 
L.Zaylobovlar kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qator ilmiy 
tadqiqotlarni olib borganlar.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin