“Umumiy psixologiya” fani bo’yicha tuzilgan dastur talabalarning psixologiya sohasi bo’yicha mutaxassisi sifatida shakllanishi uchun zarur bo’lgan tasavvurlar, bilimlar va ko’nikmalarga mo’ljallab tuzilgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligining asosiy olam, jamiyat va insonning o’rganishi uchun psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelikni anglashi, olamning psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
FM2
Fan va ta’lim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalarni ta’lim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimidan keng foydalanish
Fanni o’zlashtirish uchun zarur boshlang’ich bilimlar
1.
Umumiy psixologiya fani yuzasidan ijtimoiy tasavvur va ma’lum umumpsixologik bilimlar bazasiga ega bo’lishlari kerak.
2.
Mamlakatimiz hamda butun dunyoda kechayotgan voqeliklar, jarayonlar to’g’risida tegishli tasavvurga ega bo’lishlari lozim.
Ta’lim natijalari (ТN)
Bilimlar jihatidan:
ТN1
Umumiy psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida;
ТN2
Umumiy psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida;
ТN3
Psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar;
ТN4
Insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilish va ulardan foydalana olish.
Turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
3. Fan / modul mazmuni
Mashg’ulotlar shakli: ma’ruza (M) I-semestr
Dars soat
1-MODUL. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING TARAQQIYOTI Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari.Umumiy psixologiya, predmeti, vazifalari. Psixologiya tibbiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Psixologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot. Psixologiyaning asosiy muammolari. Pedagog faoliyatida psixologiyaning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi. Psixologiyaning tuzulishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi. Psixologik bilimlarning rivojlanishi bosqichlari. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari (biologik, evolyutsion, genetik bixeviorizm, kognitiv, ijtimoiy madaniyPsixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o’ziga xosligi. Psixologiya tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, slinik metodlar, differensial metod, suxbat va so’rov, test , korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o’rganish. Psixologiyada ilmiy tekshirish olib borishda zamonaviy kompyuter texnalogiyalardan foydalanish.