bo`ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati rivojlanmay koladi. Nutq
harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va so`zning bo`g‘in tarkibiga o`z
ta‘sirini ko`rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari shakllanmagani
va ularning qaysi
bosqichlari darajalari) ko`prok xastalanganiga bog‘liq ravishda alaliyaning bir necha
turlari uchraydi.
2.
Afaziya -
bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda
nutqning to`liq yoki qisman yuqolishi. Ma‘nodoshlari:
nutqning buzilishi,
yo`qolishi.Bola nutqining
bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi
natijasida yo`qolishi nutqning shakllanib bo`lganidan so`ng yuz beradi. Agar bunday
buzilish uch yoshdan so`ng sodir bo`lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar
buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo`lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.
Yozma
nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruxga ajratiladi.
Maxsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat buzilganida -
o`qishning zaiflashuvi kayd qilinadi. 1.
Disleksiya -
o`qish jarayonining qisman
o`ziga xos buzilishi.Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni
bo`g‘inlarga qo`shish va bo`g‘inlardan so`z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so`z
shakllarini noto`g‘ri talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o`qiganlarini buzib
tushunishda namoyon bo`ladi.
2.
Disgrafiya -
yozish jarayonining qisman o`ziga xos ravishda
buzilishi.Harfning optik-fazoviy obrazining turg‘un emasligida, harflarning aralashib
ketishi yoki tushib qolishida, so`zning so`z-bo`g‘in tarkibini
bayon qilish va gap
qurilishida. namoyon bo`ladi. O`qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan
xollarida
agrafiya haqida fikr yuritiladi. Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishi
bu jarayonlarni to`liq holda amalga oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va kunikmalarni
uzlashtirishdagi qiyinchiliklar orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga
ko`ra, bu qiyinchiliklar og‘zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashkari), tovush
tahlili ishining shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning bekarorligi bilan bog‘liq bo`ladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishini yozish, o`qishdagi bilim va
kunikmalarning yuqolishidan, shuningdek afaziya paytida
yuzaga keladigan disleksiya
(aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) day ajrata bilmok lozim. Shunday kilib,
logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi orzaki nutq
natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2
ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni bilan bog‘liq
holda ajratiladigan
buzilishlarni uz ichiga oladi. Og‘zaki nutqning buzilishlari orasida
disfoniya (afoniya),
Dostları ilə paylaş: