Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari Reja: Eng qadimgi davrlardan eramizning X asrigacha o’qituvchilik faoliyati to’g’risida ijtimoiy qarashlar. Yunon faylasuflari asarlarida o’qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi



Yüklə 7,81 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,81 Kb.
#199407
1-mavzu pedagogika Egamberganova Muhayyo


Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari
Reja:
Eng qadimgi davrlardan eramizning X asrigacha o’qituvchilik faoliyati to’g’risida ijtimoiy qarashlar.
Yunon faylasuflari asarlarida o’qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi g’oyalar.
Evropa olimlari o’qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish
Buyuk allomalarimiz o’z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, ma’suliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo’yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to’g’risida o’z mulohazalarini bildirganlar. Uyg’onish davrining etuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Davoniy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo’lajak murabbiylarga muhim manba bo’lib hisoblanadi
Abu Nasr Forobiy (873-930) O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimdir. Forobiy o’rta asrda fanni birinchi bo’lib klassifikatsiya qilib chiqqan. U arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o’rgatuvchi o’qituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. Chunonchi, o’z asarlarida “...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko’ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko’ngilli bo’lsa, shogird uni mensimay qo’yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanishi mumkin”, deydi. Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qo’yadi:
tarbiyalanuvchilar o’qish va o’rganishga ishtiyoqmand bo’lsalar ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usullar qo’llaniladi;
tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha, itoatsiz bo’lsalar, qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qo’llaniladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o’ynashini ta’kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’lish.
Berilayotgan bilimning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga e’tiborni qaratish.
Ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish.
O’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini nazorat qilish.
Bolalarni fanga qiziqtira olish.
Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
Bilimlarni o’quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.
Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish.
Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatib o’tadi:
birinchi bo’lib salom berish;
ustozning oldida kam gapirish;
boshni oldinga egib turish;
ko’zni har tomonga yugurtirmaslik;
gap so’ramoqchi bo’lsa, avval ustozdan ijozat so’rash;
ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik;
ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik;
o’tirib turishda hurmat saqlash.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri bo’lgan. Shu sababli “Notiqlik san’ati” ham qizg’in rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e’tirof etilgan:
o’quvchilarga tushuntirish (ma’lum bir mavzuni);
o’quvchilar ongini uyg’otish (inson tafakkurini, ongini, maqsadini);
har bir tinglovchida huzur-halovat va qoniqish uyg’otish.
Yan Amos Komenskiy o’z davrida o’qituvchilarning bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o’qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini aytadi. Muallifning fikricha, o’qituvchi o’z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o’z qadr-qimmatini to’la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
“Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblansin” deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda qabul qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuksak malakali kadrlarga bog’liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o’qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo’lgan, zamonaviy o’qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O’qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo’lishlari kerak. O’qituvchi xodimlar o’zlarining kasb-ko’nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 7,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin