Pedagogik dasturiy vositalar haqida reja: Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 246,54 Kb.
səhifə8/8
tarix14.04.2023
ölçüsü246,54 Kb.
#98050
1   2   3   4   5   6   7   8
ABDUHAKIMOV A

Ommaviyligi jihatdan Corel Draw dasturi ham keng tarqalgan. Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan biri – Illustrator sanaladi. Bu ikki dastur vektor grafikasining keng imkoniyatli vositasini tashkil qiladi. Vektorli dasturlar turli grafiklarni va chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun samarali vositalardir.


Vektorli grafika bilan ishlash

Uch o’lchovli grafika bilan ishlash

Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga kirishi shart emas, chunki u faqat real ob’ektlarni modellashtirishda ishlatiladi. Ammo, 3D ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim mazmuniga kiritishni tavsiya etish mumkin.

Animatsiyali grafika bilan ishlash

Animatsiyali grafikani yaratishni bir-biriga yaqin interfeysga ega yuqorida keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ular asosan grafika turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika uchun Adobe ImageReady , vektorli grafika uchun – Corel DRAW, uch o‘lchamli grafika uchun esa – 3D Studio Max o‘rinlidir

OVOZ BILAN ISHLASH

Navbatdagi bosqichda ovoz bilan ishlash metodlari o‘rganiladi. Bu yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin.

INTEGRATSIYALASHGAN MUHITDA ISHLASH

Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga ega mutaxassis keyingi navbatda multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositalarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML-dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver bilan ishlash, MS PowerPoint da namoyishlar tayyorlash kiradi.

O‘RGATUVCHI DASTURLARNI YARATISH METODIKASINI EGALLASH

Metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart.


Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:


- o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Pedagogik dasturiy vositalar tayyorlashda qo`yiladigan talablar.

Pedagogik dasturiy vositalarni tayyorlash texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.


didaktik talablarga : ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda , uzluksizlik va yaxlitlik , izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish , o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga : aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi.

davomi


Psixologik talablarga idrok etish , tafakkur, diqqati, motivasiya , xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish kiradi.

Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:

1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi.

2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi.

3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.

3. Mualliflik dasturlari turlari


O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida tayyorlanadi.
Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi.
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo`ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo`lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o`rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko`rish va masofali ta`lim tizimlariga integ¬rallanishi mumkin bo`lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi.

Adobe Captivate— Mic¬rosoft Windows va dasturiy ta`minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish, o`quv taqdimotlarni yara¬tish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo`llanilishi mumkin bo`lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta`limda qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya qilish imkoniyati mavjud.SHuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni tayyorlash va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash mumkin.



1.Pedagogik dasturiy vositalar – komp`yuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qo'shimcha va yordamchi vositalar kiradi.………………………………………………………………………………………………………………………


Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o'rgatuvchi dasturlar – o'quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib
yangi bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish yoki baholash
maqsadlarida qo'llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o'zlashtirilgan o'quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o'qituvchi ishtirokidagi virtual o'quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
2. Ta'limni komp`yuterlashtirish muammosi tashkiliy tizim bo'lib, o'ziga xos qator sifatlarga ega:
eng avvalo, ta'limni komp`yuterlashtirish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida o'tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog'liq. Komp`yuterli ta'lim tashkiliy tizim sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, komp`yuterlashtirish bo'yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog'liq. Masalan, IHTA o'quv predmetini komp`yuterlashtirish uchun uning logikasi o'quv materiallarini o'rganish tizimi, har bir mavzuga oid o'quv elementlari ajratiladi, o'quvchilarning real bilish imkoniyatlari o'rganiladi.
Endi mehnat jarayoni nuqtai nazaridan muammo tarkibini tahlil qilishga o'tamiz. «Mehnat jarayoni o'zida uch momentni aks ettiradi: mehnatning o'zi, mehnat vositasi, mehnat predmeti».
Mehnat va uning momentlari jihatidan o'zaro daxldor uchta tizimni ajratamiz:
1. Ta'lim va komp`yuter. Ushbu tizimda komp`yuterli ta'limni alohida ta'lim turi sifatida qayd etamiz.
2. O'qitish faoliyati va komp`yuter. Mazkur tizimda komp`yuterli ta'lim sharoitida o'qituvchi bajaradigan ishlarni belgilaymiz.
3. O'qish faoliyati va komp`yuter. Bu tizim bo'yicha komp`yuterda o'quvchilarning o'quv faoliyatini amalga oshirib, ta'lim mazmunini o'zlashtirishiga oid vazifalarni qayd etamiz.
3 Dasturiy ta'minotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita (UPV)», «o'quv pedagogik dasturi (O'PD)», «avtomatlashtirilgan o'qitish tizimi (AO'T)», «o'qitishning yangi axborot texnologiyasi (O'YAAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir ob'ektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning o'zaro fikr almashinuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Biz bundan keyin ta'lim jarayonida qo'llanadigan dastur vositalarini «pedagogik dastur vositalari (PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. «Bugungi komp`yuter dasturlarini yaratishning, — deb yozadi L.Nevueva va T.Sergeevalar, — xorijiy va mamlakatimizdagi (sobiq Ittifoq nazarda tutilmoqda — A.H.) amaliyotida istiqbolli yo'nalish — uskunaviy pedagogik vositalarni loyihalash ajralib chiqmoqda».
Uskunaviy pedagogik dasturlar (UPD) atamasi, ularning fikricha, mohiyati jiqatidan pedagogik jarayon xususiyatlariga APDga nisbatan ancha mos keladi.
B.Boltaev, A.Miraliev, M.Mahkamovlar dastur vositalarini o'quv pedagogik dasturlar (O'PD) deb ataydi: «… IHTA fanining har bir bobi uchun turli mashinalarga moslashgan o'qitishning pedagogik dasturlarini qo'llashni amalga oshirish kerak. Buning uchun maktablarga o'quv dasturlarini yetkazib berish, joylarda o'quv dasturlarini jamlash va har bir maktabga yetkazish komp`yuter texnikasini darsda qo'llash samaradorligini oshirishga, o'quvchilarning EHM haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga olib keladi».
Dars jarayonida foydalaniladigan dasturlarni turlicha atash tajribasi hali ham davom etmoqda.Rossiyada chiqariladigan «Informatika i obrazovanie» jurnalining birgina 1990 yil 6-sonida bunday atamalarning uch varianti — nomlanishi berilgan. Jurnalning 15-betida «universal avtomatlashtirilgan o'qitish tizimi», 8-betida «komp`yuterli dars dasturlari», 79-betida «komp`yuterli o'quv dasturlari» atamalari uchraydi. A.Bahromov o'z maqolasida «axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, yangi (yoki boshqa ko'rinishdagi) axborotlarni yaratish bilan shug'ullanuvchi texnologiyalarni komp`yuterlar asosida joriy etish»ning yangi axborot texnologiyalari (YAAT), ularning o'qitish bilan bog'liq bir qismini «o'qitishning yangi axborot texnologiyalari» (O'YAAT) deb atagan. «Hozirgi kundagi va yaqin kelajakdagi ta'lim tizimini takomillashtirishda komp`yuterlashtirishning eng yuqori
darajasi — O'YAATning yangilarini yaratish va ularni ta'lim jarayoniga olib kirishdan iborat samaradorligini oshirishda, shuningdek, mamlakatimiz ta'limini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda aynan O'YAATning ahamiyati katta ekanligini yana bir bor ta'kidlaymiz».


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. fayllar.org
2. arxiv.uz
3. aim.uz
4. ziyo.net
5. hozir.org
Yüklə 246,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin