Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#112908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 
 
 
 
 
PEDAGOGIK AMALIYOT
HUJJATLARI JAMLANMASI 
 
 
 
Jizzax- 2015 


Mazkur metodik ko’rsatma amaliyot jarayonida yuritiladigan hujjatlarni o’z ichiga olib
pedagogik amaliyot davomida talab qilinadigan hujjatlardagi har xillikka barham berish, bu 
borada amaliyotchi talabalarga yengillik tug’dirish maqsadida tuzildi.
Tuzuvchilar: p.f.n. Q. Yadgarov 
k.o‘qit: S.Boysinov
 
Taqrizchilar: A. Qodiriy nomidagi JDPI “O‘zbek tili va uni o‘qitish uslubiyati kafedrasi” 
dotsenti, T. Almamatov
JDPI pedagogika instituti oquv amaliyot bo’limi boshlig’i:
dots. E. Shomuratov .
Dastur A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv-uslubiy kengashida 
ko‘rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 


KIRISH 
1.1 
Talabalar pedagogik amaliyotining maqsad va vazifalari. 
Pedagogik amaliyotda talabalar ona tili va adabiyoti hamda boshqa fanlardan olgan 
bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘radilar, amalga tatbiq qiladilar. Shuning uchun ham pedagogik 
amaliyot o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega. 
Pedagogik amaliyot samaradorligini oshirish, o‘quvchining ta’lim jarayonining 
subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bilishning 
qulay yo‘llarini aniqlash, ona tili va adabiyotidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish singarilar 
pedagogik amaliyotning ilmiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Talabalar pedagogik amaliyot davrida fan tarixi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish, 
o‘qitishning maqsadi, metod va prinsiplari kabilarni bilishlari zarur. Bundan tashqari til va 
adabiyot nazariyasini amaliyot asosida o‘rganish, har bir darsni zamonaviy pedagogik 
texnologiya asosida olib borish hamda fanlararo aloqani bilishlari maqsadga muvofiq. 
Bugun jamiyatimizda tub burilishlar sodir bo‘ldi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 
ta’kidlanganiday: 
«Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va 
ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir». 
Ana shu isloxotlar silsilasida ta’lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizlikni, ular 
orasidagi aloqa va bog’lanishlarni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vazifani 
amalga oshirishni ta’minlash ko‘p jihatdan pedagogik amaliyotga ham bog’liqdir. 
Pedagogik amaliyot akademik liseylar, o‘rta ta’lim maktablari bilan oliy ta’lim tizimini 
jips bog’laydigan bo‘g’in hisoblanadi. Bu davrda talabalar institut auditoriyalarida olgan nazariy 
bilimlarga, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida sinalgan tajribalarga tayanib mustaqil 
faoliyat olib boradilar; yuqori malakali metodist o‘qituvchilarning ish faoliyati bilan tanishadilar, 
ulardan o‘rganadilar, turli ruhiyat egalari-o‘quvchilar bilan hamkorlikda o‘quv-tarbiya ishlarini 
olib boradilar. 
O‘qituvchilik kasbini egallashga intilgan har bir talaba 1- kursdan boshlab mutaxassislik 
faoliyati ustida ishlashi, bilim maskanida yaratilgan imkoniyatlardan to‘la foydalanib, nazariy 
bilimlarni puxta va chuqur egallab bormog’i shart. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin