Passiv operatsiyasi



Yüklə 18,4 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü18,4 Kb.
#171349
7-8 TB va ularning funkslyalari


      1. MAVZU. TIJORAT BANKLARI FUNKSIYALARI VA ULARNING OPERATSIYALARI



Mavzu yuzasida ishlatiladigan asosiy tushunchalar
Bankning passiv operatsiyasi - Пассивные операции банка - Passive operations of the bank - Banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi
Depozitsiz mablag‘lar - Недепозитные средства - Non-deposit funds - depozit bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lib, bunda o‘z ichiga banklararo kredit resurslari, hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar, tijorat banklaridan olingan resurslar va boshqa mablag‘lar kiradi
Hisob - kitob operatsiyalari - Расчетные операции - Transactions - banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‘tkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi.
Fond operatsiya - Фондовые операции - Stock transactions - banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi - sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Kassa operatsiyalari - Кассовые операции - Cash transactions - orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Kontokorrent operatsiya - Контокоррентные операции - Open account transactions - mijozlarning banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bo‘yicha ma‘lum miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishiga ruxsat beriladi.
Jalb qilingan mablag‘larning manbasi - Источники привличенных ресурсов - Sources attracted resources - bu depozitlar bo‘lib, bunda chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar, muddatli depozitlar hamda jamg‘arma depozitlar turlarini o‘z ichiga oladi
Tijorat banklari asosiy kapitali - Основной капитал коммерческых банков - The share capital of commercial banks - xalqaro Bazel andozalariga asosan ustav kapitalining to‘langan qismi, muddatsiz nekumulyativ imtiyozli aksiyalar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi.
Tijorat banklari ikkinchi darajali (qo‘shimcha) kapitali - Дополнительный капитал коммерческых банков - Additional capital of commercial banks - kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi, subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsiyalashgan sho‘ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo‘naltirilgan qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari.

  1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari nimalardan iborat?

  2. Tijorat banklarining qanday funksiyalari mavjud?

  3. Tijorat banklarining huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz?

  4. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va ularning tashkiliy tuzilishini ochib bering?

  5. Dastlabki litsenziya tijorat banklarida qanday shartlar asosida beriladi?

  6. Asosiy litsenziya tijorat banklarida qanday tadbirlar o‘tkazilgandan keyin beriladi?

  7. Tijorat banklarining boshqaruv tizimida nechta organ faoliyat yuritadi?

  8. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larining yuzaga kelishi va pul mablag‘larini tijorat banklarida to‘planishi iqtisodiy ahamiyatini yoritib bering?

  9. Tijorat banklarining hisob-kitob va kassa xizmati ko‘rsatish funksiyasini izohlab bering?

  10. Tijorat banklarining konsalting xizmati bu - ?



Mavzuga doir mustaqil ta‘lim savollari:

  1. Tijorat banklari mamlakat bank tizimida qanday o‘rin tutadi?

  2. Tijorat banklari faoliyati qanday maqsadga qaratilgan?

  3. O‘zbekistonda mustaqillikkacha bo‘lgan davrda qanday bank tizimi faoliyat yuritgan va mustaqillik davrida qanday rivojlandi?

  4. Tijorat banklari faoliyati qanday qonun bilan tartibga solinadi?

  5. O‘zbekistonda qanday bank dastlabki tijorat banki hisoblanadi va undan keyin qanday tijorat banklari tashkil etildi?

  6. Tijorat banklari minimal ustav kapitaliga qo‘yilgan talab miqdori.

  7. Tijorat banklarini litsenziya olish tartibi va talablari.

  8. Tijorat banklari passiv operatsiyalari mohiyati va tarkibi.

  9. Banklarning barqaror va beqaror mablag‘larining mohiyati.

  10. Tijorat banklari aktiv operatsiyalari mohiyati va tarkibi.

  11. Banklarning yuqori va past riskli aktivlari.

  12. Tijorat banklari noa‘anaviy operatsiyalari.

  13. Tijorat banklari daromadlari.

Tijorat banklari xarajatlari.
Yüklə 18,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin