XULOSA VA TAKLIFLAR
Geografik qobiq yoki undan quyida turuvchi ma’lum bir tabiiy geografik
kompleksni o’rganish, ma’lum bir hududni o’rganish geografik qobiqning bir
butunlik qonuniyati asosida boradi. O’rganilayotgan tabiat kompleksining tarkibiy
qismlari
ya’ni
komponentlari
doimo
o’zaro
aloqada.
O’rganilayotgan
hududimizning geologik tuzilishi, unda tarqalgan tog` jinslari, mavjud relyef
shakllari aslida Yerning ichki va tashqi kuchlarining o’zaro ta’siri, hamkorligi
mahsulidir. Geograf sifatida hududni o’rganiyotganimizda yoki pedagog sifatida
hududni o’rgatyotganimizda mavjud relyef shakllari va tog` jinslari qaysidir
geologik jarayonning faoliyati ekanligini anglamog`imiz lozim. Bunda “qayerda”
so’rog`i orqali ko’rsatib qo’yishimiz emas, “nima uchun shu yerda?” so’rog`i
orqali mohiyatini tushunishimiz, tushuntirishimiz lozim.
Vulqonlarga bag`ishlangan bitiruv malakaviy ishimni bajarish davomida Yer
tabiatining shakllanishida, Yerning sayyora sifatidagi taraqqiyotida har bir
geologik jarayonning o’ziga xosligini angladim. Ushbu mavzuga oid ko’plab
adabiyotlarni, internet saytlaridagi ma’lumotlarni o’qidim, o’rgandim, tahlil
qildim, o’zaro taqqosladim. Umumta’lim maktablarida tabiiy geografiyaning
boshlang`ich kursida litosfera bobidagi ikkita mavzuga singdirilib o’quvchilarga
tushuntiriladigan vulqonlar naqadar katta bilim manbai ekanligini tushundim.
Mazmuni Yer sharidagi vulqonlar, ularning mahsulotlari va ular hosil qilgan
relyef shakllarini o’rganishga, tadqiq qilishda bag`ishlangan bitiruv malakaviy
ishni bajarish asnosida quyidagi xulosaga kelindi:
1. Yerning ichki kuchlari mahsuli hisoblanadigan vulqonlarni o’rganishga
qancha chuqurroq yondashilsa uning naqadar murakkab geologik tuzilma ekanligi
anglashiladi.
2. Uzoq tarixiy davrlarda qo’rqinchli kuch sifatida tasvirlab kelingan
vulqonlar aslida Yer evolyutsiyasining, yer po’sti rivojlanishining oddiy bir
ko’rinishidir.
53
3. Vulqonlar geografik tarqalishi o’rganish litosfera plitalarining harakatini
tushunishga yordam beradi, aksariyat vulqonlar litosfera plitalarining to’qnashuv
yoki ajralish zonalarida joylashgan.
4. Ma’lumki, yerning ichki qismini bevosita o’rganish, undagi jinslarni tahlil
etishning imkoni yo’q. Yerning ichki qismini bevosita samarali o’rganish yo’li bu
vulqonlar, ular faoliyati natijalarini tadqiq qilishdir.
5. Vulqonlar otilganda ko’plab salbiy oqibatlarga olib keladi. Uning qattiq,
suyuq va gazsimon mahsulotlari tabiatga, tirik organizmlarga salbiy ta’sir
ko’rsatadi, atmosferani ifloslaydi, insoniyat hayoti va xo’jalik faoliyatiga xavf
tug`diradi. Shu bilan birga modda va energiyaning aylanma harakatini ta’minlaydi.
6. Mamlakat hududida vulqonlarning mavjud bo’lishining bir qator
afzalliklari ham mavjud. Jumladan Islandiya, Gavayi orollariga o’xshab quruqlik
hududida asta-sekin kengayadi. Vulqonlar va ular faoliyati bilan bog`liq geyzerlar,
issiq buloqlar geotermal energiya manbai hisoblanadi. Vulqon mahsulotlari xalq
xo’jaligining ayrim sohalari uchun, ayniqsa qurilish materiallari sanoati uchun
qimmatli xomashyo. Vulqon tog`lari yonbag`irlari, qadimgi vulqon mahsulotlari
qoplagan hududlar eng unumdor tuproqlar hisoblanadi. Vulqon faoliyati natijasida
ma’lum bir foydali qazilma konlari shakllanadi. Ayni vaqtda vulqonlar turistik
obyekt (yaponlarning muqaddas tog`i hisoblangan Fudziyama vulqoni tomosha
qilish uchun ko’plab turistlar tashrif buyurishadi) dir.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarni ilova
qilmoqchimiz:
1. Vulqon faoliyati va u hosil qilgan relyef shakllarini geografik qobiqda
alohida o’ringa ega ekanligi hamda ularning o’zaro bog`liqligi misolida butun
geografik bilimlarni kelajakda o’quvchiga yetkaza olish geografiya
o’qituvchilarining muhim vazifasi ekanligini anglash.
2. Vulqonlar, ularning tuzilishi, mahsulotlari, tiplari, geografik tarqalishi va
ahamiyati batafsil berilgan ilmiy-ommabop kitoblar nashr qilish.
3. Umumta’lim geografiya fani darsliklarida ushbu mavzuning kengroq
yoritish, sabab-oqibat va ahamiyatini tushuntirish orqali geografiya darsliklarini
54
isloh qilib, geografiya fanini oddiy tasvirlovchi fandan o’quvchilarni mustaqil
fikrlashga, mantiqiy mushohada yuritishga o’rgatuvchi amaliy fanga aylantirish.
4. Umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan rasmiy ochiq darslardan
tashqari o’quvchilarni ko’proq qiziqtiradigan, darsliklarda kamroq yoritilgan
mavzular bo’yicha maktab soatlari hisobidan qo’shimcha ochiq darslarni tashkil
etishni yo’lga qo’yish.
Dostları ilə paylaş: |