50
bor 1707—08 yillarda otilgan. Krateri to’g`ri konus shaklida, diametri 700 m,
chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Fudziyama —
yaponlarning «muqaddas tog`i» bo’lib, turistlar ko’p boradi.
Okeaniyada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi:
Kilauela — Gavayi oroldagi doimiy harakatdagi vulqon bo’lib, balandligi
1247 m. Bazalt lavalaridan tuzilgan yassi qalqonsimon konus bo’lib, krateri
(vulqon og`zi) keng. Oxirgi marta 1983—85 y.larda kuchli otilgan. Gavayi milliy
parki tarkibida. Vulkanologik stansiya ishlab turibdi.
Dostları ilə paylaş: