berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining
ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat
qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak;
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini
aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam
berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona
tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik
ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha
shakllantirish demakdir;
d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlami bilishga
o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan
tortib to murakkab hodisalargacha hammasming fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda
tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasawur qilishlari
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: