Matematika fanini o’qitishning metodikasi



Yüklə 243,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.01.2023
ölçüsü243,37 Kb.
#80110
  1   2   3   4
3515-Article Text-6928-1-10-20220528



Matematika fanini o’qitishning metodikasi 
Qodirova Mohidil Namozovna 
qodirovamohidil042@gmail.com 
Buxoro muhandislik-texnologiyalari instituti akademik litseyi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning metodikasi
mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Matematika fanini rivojlanish 
bosqichlari va bugungi kunda matematika fanini o‘qitish uslubiyati tahlili yoritilgan.  
Kalit so’zlar: Matematika fan sifatida, o‘quv predmeti sifatida, elementar 
matematika, oliy matematika, metodika. 
Methodology of teaching mathematics 
Qodirova Mokhidil Namozovna
qodirovamohidil042@gmail.com 
Bukhara Institute of Engineering and Technology Academic Lyceum 
 
Abstract: This article provides information on the content and objectives of the 
methodology of teaching mathematics.The analysis of the stages of development of 
mathematics and the methodology of teaching mathematics today. 
Keywords: Mathematics as a science, as a subject, elementary mathematics
advanced mathematics, methodology. 
Asosiy matn: Matematika so‘zi qadimgi grekcha - mathema so‘zidan olingan 
bo‘lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning 
sohalari turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga 
birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifdan 
yaqqol ko'rish mumkin. Matematika faning o‘rganadigan narsasi (obyekti) 
materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy 
munosabatlardan iborat. 
Matematika fan sifatida ham , o‘quv predmeti sifatida ham yosh avlodga 
o‘rgatilishi talab etiladi.Bunga sabab quyidagilar: 
Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini 
aks ettiruvchi qonunlarni to‘la va chuqur o‘rganish, targ‘ib etishni talab etadi; 
o‘rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul 
bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblanmaydi; unda tadqiqotchining 
shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
957


emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir-biriga bog‘liq 
qat’iy ketma-ket keluvchi qonunlarni ochib beradi; fanda asosiy tushunchalar, qabul 
qilingan aksiomalar uning boshlang‘ich asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Matematika o‘quv predmeti sifatida:o‘quvchilarga matematikadan bilim
ko‘nikma va malakalar beradi; matematik bilimlar berishda o‘quvchilar yosh xusu- 
siyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yonda- 
shish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt 
tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; o‘qitishda takrorlash ham amalga 
oshiriladi; o‘quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas. 
Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi: 
1)elementar matematika, 2) oliy matematika. 
Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo‘lgan fan bo‘lib, u oliy 
matematikaning turli tarmoqlaridan, ya’ni nazariy arifmetikadan, sonlar nazariyasidan, 
oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan 
elementar ma’lumotlar asosiga qurilgandir. 
Oliy matematika fani esa real olamning fazoviy formalari va ular orasidagi 
miqdoriy munosabatlarlarni to‘la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik 
qonuniyatlarni topish bilan shug‘ullanadi. 

Yüklə 243,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin