tashkilot missiyasiga eng kuchli ta’sirni mulk egalari, xodimlar va xaridorlar
(iste’molchilar) ko‘rsatadi.
F.Kotlerni hisoblashicha, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta omillarni
hisobga olish kerak:
tashkilotning tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan,
faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi o‘rni va h.k. shakllantirilgan;
mulk egalari va boshqaruv xodimlari hulkinig uslubi va harakatlari usuli;
tashqi muhitning holati;
tashkilot o‘z maqsadlariga erishishi uchun foydalaniladigan resurslar;
tashkilot ega bo‘lgan ajralib turuvchi xususiyatlar.
Bundan tashkari tashkilotning maqsadiy muljallari, faoliyat sohasi, falsafasi(qadriyatlari
va ishonchlari) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari kabi ta’riflarini ham
hisobga olish zarur.
Shunday qilib, missiya tashqi muhit sub’ektlariga tashkilot nimadan iborat ekanligi
haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, u tashkilotni faolroq
boshqarish uchun korporotiv ruhni va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Tashkilot
faoliyatining umumiy yo‘nalishlari unga ko‘ra belgilanadilar.
Keyinchalik
strategiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar
yordamida tashkilot qanday qilib o‘z maqsadlariga erishishi va o‘z missiyasini amalga
oshirishi belgilanadi, ya’ni uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi tomonlarini
rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga nisbatan
qanday qaror qabul qilinishiga bog‘liqdir: belgilanggan biznesni to‘xtatish yoki davom
ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shug‘ullanish.
Bunda korxona asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi:
- xarajatlarni kamaytirishda yetakchilik;
- mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish;
- bozorning ma’lum segmentini qayd etish.
Shuni ta’kidlash kerakki, yirik va o‘rta ko‘p tarmoqli kompaniyalarda ko‘pincha
Dostları ilə paylaş: