Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining  qaysi 

metodlarga  to‘g‘ri  kelishi  yoki  kelmasligi  nuqtayi  na zaridan 

baholashdir.

 

Ma’naviy-g‘oyaviy mezon – bu qiyosiy tahlil natijalari-

ning jamiyat ma’naviyati, g‘oyaviy maqsadlariga qay darajada 

mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir.

Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini ba­

holash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini 

aniqlash imkonini beradi.

Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini 

ta’minlash shartlari

Qiyosiy  tahlilda  haqqoniy,  xolis  natijaga  erishish  uchun 

qu yidagilarga diqqatni qaratish lozim:

Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bo‘l-

gan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning 



nazariy, me-

todologik va metodik asoslarini  bilishi  kerak.  Bu  borada 

ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan 

unumli foydalana olishi lozim. 

Ikkinchidan,  qiyosiy  tahlil  obyektlari  mavjud  bo‘lgan, 

mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitning xu-

susiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda,  ilmiy 

izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘l-

gan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak.

Uchinchidan,  qiyoslash  faqat  statistik  ma’lumot  yig‘ish 

va  ko‘rsatishdan  iborat  bo‘lib  qolmasligi  kerak.  Qiyoslash 

obyektlari  to‘xtovsiz  o‘zgaradi,  tadqiqotchilar  ana  shuni 

hisobga olishi kerak. O‘rganilayotgan obyektlarning statistik 

manzarasi  ularning  dinamik  xususiyatlari  bilan  to‘ldirilishi, 

tadrijiy takomili ko‘rsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat 

to‘laqonli, xolis bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, 

dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim.



To‘rtinchidan,  tahlilda  subyektivizmga  yo‘l  qo‘ymaslik. 

Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mum­

kin,  lekin  fan  rivojiga  xizmat  qilmaydi.  Ba’zi  tadqiqotchilar-

ning  bir-biriga  umuman  to‘g‘ri  kelmaydigan  filologik  jihat­

larni  qiyoslashi,  ana  shunday  soxta  qiyoslashga  olib  keladi. 

Natijada,  qiyosiy  tahlil  mazmuni  va  natijalari  buzib  ko‘rsa­

tiladi, odamlarning ijtimoiy ongida noto‘g‘ri tushuncha pay­

do  bo‘ladi.  Masalan,  Abdulla  Qodiriyning  «O‘tkan  kunlar» 

asaridagi  Otabekning  ishqiy  sarguzashtlarini,  Jorj  Bayron­

ning  Don-Juan  obrazi  ishqiy  sarguzashtlari  bilan  qiyoslash 

kutilgan natijani bermaydi. 

Demak, qiyosiy tahlilning asosiy qoidalari, talablari bajaril­

masa, adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar 

beradi.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin