Kattalarda dikain eritmasini qo`llash 3% bo`lishi, bolalarda 2% dan oshmasligi kerak. Kokain eritmasi 3-5%
kontsentratsiyada yukori bo`lishi kerak. Og‘iz bo`shlig‘i shilliq qavati aplikatsion anesteziya uchun zamonaviy
anestetiklar qo`llash mumkin: aneqitebs, aneqogel (Voco, Germaniya), topigel (Triger, AQSH), ksilogel‘,
ksilonorgel‘, ksilonorsprey va b. Ularning ko`pchiligi bakteriostid va xushbo`y ta`m xususiyatiga ega.
Jarohatlanmagan teri orqali o`zida lidokain va prilokain aralashmasini tutgan krem va nakleyka ko`rinishida
ishlab chiqarilgan EMLA yuza anestetikdan bolalarda va kattalarda o`tkaziladigan orperatsiya yoki
in‘ektsiyadan
oldin foydalanilsa, effektiv og‘riqsizlantirishni ta`minlaydi.
Applikatsion og‘riqsizlantirishni qo`llashga ko`rsatmalar:
1. Nevrostenik odamlarda va bolalarda burun bo`shlig‘i yoki og‘iz shilliq pardasi og‘riqsizlantiruvchi vositalarni
qo`llashni o`ziga
xosligi
2. SHilliq qavat yuza joylashgan yangi hosilani olib tashlash
3. Qimirlab turgan tishlarni (parodontoz) olishda
4. Bolalarda
sut tishlarni olish
5. Jag‘ sinishida shinirlashdan oldin
6. SHilliq
qavatdan biopsiya olishda
7. Aql tishi chiqishi qiyinlashganda kapyushonni olishda.
8. SHilliq qavat ta`sirchanligini kamaytirish
uchun
Xloretil bilan muzlatishga ko`rsatma bo`lib, yuza joylashgan abstsesslarni ochish hisoblanadi. Bunda xirurg
xloretil bilan muzlatishni davomiyligi juda qisqa (20-40 sek) davom etishini nazarda tutishi lozim.
Dostları ilə paylaş: