Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Igna  sanchib  og’riqsizlantirish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Igna  sanchib  og’riqsizlantirish.  Igna  sanchib  og‘riqsizlantirish  (akupunktal  analgeziya  elektroanalgeziya) 
ma`lum  nuqtaga  mexanik  qo`zg‘aluvchanlik  va  elektr  toki  bilan  ta`sir  etib  anesteziyaga  erishiladi. 
Og‘riqsizlantirishning  bu  usuli  orperatsiyadan  keyingi  davrda  og‘riqni  oldini  olish  va  aralash  anesteziya 
analgetik  komponent  sifatida  qo`llaniladi.  Ma`lumki,  693  ta  nuqtadan  116  tasi  stomatologik  kasalliklarni 
davolash uchun qo`llaniladi. 
1. 
Igna  va  terini  70%  li  spirt  bilan  ishlov  berilganidan  keyingina  teri  sathiga  perpendikulyar  sanchiladi. 
Ba`zida qo`shni nuqta tomonga yo`naladi (teri ostiga burchak ostida). 
Terapevtik  effektni  oshirish  uchun igna  sanchilgandan  keyin  aylantirish  lozim.  Ta`sir  etish  usuli  qimullash  va 
tormozlanishga  asoslangan.  Odatda  muolaja  20  daqiqadan  oshmaydi.  Igna  sanchilgandan  keyin  har  5-10 
daqiqida uni 1 marta aylantiriladi va zararlangan sohani uqalanadi. 
 Mahalliy og’riqsizlantirish. 
Mahalliy og‘riqsizlantirishda bemor hushini saqlagan holda operatsion maydon to`qimalarini og‘riqsizlantirish 
tushuniladi.  Bunda  nerv  sistemasi  periferik  bo`limiga  ta`sir  etib,  og‘riq  o`tkazishi  xususiyati 
tormozlanadi.mahalliy  og‘riqsizlantirish  bo`linadi:  in‘ektsion  (infiltraqion,  o`tkazuvchi)  va  noin‘ektsion 
(kimyoviy,  fizik,  fizik-kimyoviy)  turlarga  bo`linadi.  Noin‘ektsion  mahalliy  og‘riqsizlantirish  to`qimalarni 
yuzaki  og‘riqsizlantiradi.  Buning  uchun  dorilardan  (kimyoviy  yoki  aplikatsion  metod),  past  temperaturada 
muzlatish,  lazer  nurlari,  elektromagnit  to`lqinlari  (fizik  metod)  anestetikni  to`qimaga  elektroforez  yordamida 
kiritish  (fizik-kimyoviy  usul)  kiradi.  In‘ektsion  og‘riqsizlantirishda  anestetik  eritmasini  to`qimaga  nina  yoki 
yukori bosimga ega maxsus in`ektor (ignasiz usul) Bi-8 yordamida o`tkaziladi. Og‘riqsizlantirish nfiltratsion va 
o`tkazuvchi usulda o`tkaziladi. Infiltratsion, aplikatsion va muzlatib og‘riqsizlantirilganda, og‘riq qabul qiluvchi 
periferik retseptorlarni o`tkazuvchi og‘riqsizlantirganda operatsion maydondagi og‘riq impul‘slarni o`tkazuvchi 
asosiy  o`zagini  (asosiy  yoki  ko`pincha  uning  periferik  tarmog‘ini)  tormozlaydi.    Umumiy  og‘riqsizlantirishga 
ko`rsatmalar  va  qarshi  ko`rsatmalar.  Mahalliy  og‘riqsizlantirishda  quyidagi  ko`rsatmalar  va  qarshi 
ko`rsatmalarni ko`zda tutish kerak: 
 Bemorlarda anestetiklarga sezuvchanligini ortishi 
 Bemorning o`zining orperatsiyasida qatnashishidan bosh tortishi 
2.  Oson qo`zg‘aluvchanlik, bemor psixoemostional turg‘un emasligi. 
3.  Mahalliy anesteziya noeffektivligi yoki uning qo`llash qiyinligi. 
4.  Bemor psixik holati buzilganligi. 
5.  Bolalarda jarroxlik aralashuvi. 
6.  Stomatologik aralashuvni travmativligi. 
Qolgan  barcha  holatlarda  unga  qarshi  ko`rsatmalar  yo`q.  Bundan  tashqari,  mahalliy  anesteziya  travmatik  va 
uzoq davom etuvchi orperatsiyalarda ham qo`llanilmaydi.  
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin