65
Engil betonning asosiy xususiyatlaridan yana biri ularning issiqlik
o`tkazuvchanligi bo`lib, bu o`z navbatida to`suvchi konstruktsiyalarning qalinligini
belgilaydi. Beton zichligi oshishi bilan betonning issiq o`tkazuvchanligi osha
boradi (2. 4-rasm). Tarkibdagi engil to`ldiruvchilar miqdorini oshishi,
zichligini
kamayishi beton issiqlik o`tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi, xususan
issiqlik-fizik xususiyatlari yaxshilanadi. Biroq, bu holda betonning mustahkamligi
kamayadi. Shu sababli amaliyotda yakuniy materiallarning еng mukammal
nisbatlarini topish talab еtiladi. Bu holda sement sarfini minimal darajaga tushirish
ham muhim sifatlardan biri hisoblanadi.
Engil to`lidruvchilar ahamiyatli darajadagi suv talabchanlik xususiyatiga еga
bo`lib, ular beton qorishmasi tarkibiga kiritilganda sement qorishmasidan ma`lum
miqdordagi suvni so`rib oladilar. Bu jarayon beton
qorishmasi tayyorlanayotgan
ilk 10-15 minutda nisbatan jadalroq davom еtadi. Bu erda shimilayotgan suvning
miqdori beton qorishmasini tarkibiga bog`liq: suyuq va harakatchan betonlarda
suv-tsement nisbati ahamiyatli bo`lib, bu miqdor ortib boradi va aksincha suv-
tsement nisbati kamroq ahamiyat kasb еtuvchi quyuq betonlar qorishmalarida
miqdor kamayib boradi.
G`ovak to`ldiruvchilarning suv talabchanligi ta`sirini muqobillashtirish va
beton qorishmasining harakatchanligini saqlab
qolish maqsadida suv sarfi
orttiriladi (2. 5-rasm). Beton qorishmasini suv talabchanligi oshish darajasi engil
to`lidiruvchilar miqdori va ularning suv talabchanligiga bog`liq: to`ldiruvchining
miqdori va suv talabchanligi qancha ko`p bo`lsa talabga javob beradigan,
harakatchan beton qorishmasini olish uchun suv sarfi oshiriladi. G`ovak
to`lidruvchini suv talabchanlik xususiyati beton qorishmasining suv tutuvchanlik
xususiyatiga ham ahamiyatli ta`sir ko`rsatib, quyma
va harakatchan betonlarni
qatlamlashuviga mone`lik qiladi, shuningdek yuqori darajadagi suv-tsement
nisbatidagi qorishmalarni qo`llashga zamin yaratadi. Bu xususiyatlar konstruktiv-
teploizolyatsion engil betonlarni ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb еtadi.
66
2. 4-rasm. G`ovakli to`ldiruvchi asosidagi engil betonning issiqlik
o`tkazuvchanligi λ uning zichligiga γ bog`liqligi
2. 5-rasm. Bir xildagi chegaraviy yirikligi 20 mm bo`lgan shag`al (yuqorida) va
keramzit (pastda) asosida tayyorlangan beton qorishmasining suvshimuvchanligi
G`ovakli to`ldiruvchilar sement hamiri bilan boshqa zich to`ldiruvchilarga
nisbatan ko`proq suv almashinuvi xususiyatiga еga bo`lganligi uchun uning tarkib
topishi jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Birinchi bosqichda g`ovak to`ldiruvchilar
namlikni shimib sement toshi bilan to`ldiruvchilar orasidagi qatlamda mustahkam
va mahkam bog`lanishni hosil qiladi. Ikkinchi bosqichda suvning kamayishi
hisobiga g`ovakli to`ldiruvchilar shimib olgan namlikni
qaytara boshlaydi va
sement toshida gidratatsiya uchun zaruriy sharoit yaratiladi. Engil
to`ldiruvchilarning yuzalarini o`ta notekisligi hisobiga sement toshi bilan yaxshi
yopishishadi va to`ldiruvchining deformatsiyalanuvchanligi hisobiga sement
toshining cho`kishi, mikroyoriqlar paydo bo`lishi kabi sement tarkibiga ta`sir
еtuvchi salbiy holatlar kamayadi.
Natijada g`ovak to`ldiruvchili engil betonlarda
sement toshi talab
darajasidagi zichlik va birjinslilikka еga bo`ladi va bu xususiyati bilan ularni temir-
beton konstruktsiyalarida va ba`zi agressiv muhitlarda ham ishlatilishiga imkoniyat
yaratiladi.
67
G`ovak shag`al va qumlarning yuzasi noto`g`ri shaklga еga bo`lganligi
hisobiga qorishmada donalar aro bo`shliqlar ko`payadi. Bu bo`shliqlarni to`ldirish
va donalar orasiga sement hamirini kiritish bilan birga qatlamlashmaydigan va
qulay ishlov beriladigan beton qorishmalarini olish uchun oddiy betonlarga
nisbatan 1, 5-2 marta ortiq sement hamiri sarflanadi.
G`ovaklari ko`p bo`lgan to`ldiruvchilarni beton qorishmasini suv
talabchanligini kamaytirish
va sement sarfini qisqartirish, shuningdek g`ovak
to`ldiruvchilar asosida olinadigan betonlarning boshqa sifat darajasini yaxshilash
maqsadida to`ldiruvchilarga gidrofobizatorlar yoki zarralarning yuzasida namlikni
kam o`tkazadigan yupqa parda, yupqa ichki qatlam hosil qiluvchi boshqa moddalar
bilan ishlov beriladi. Lekin bunday tadbirlar beton tannarxini oshirib yuborganligi
uchun ularni texnik-iqtisodiy hisoblar asosida bajarilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: