81
mustahkamlik chegarasiga etgunga qadar isitish maqsadga muvofiq bo`lmaydi.
Odatda isitish mustahkamlikning chegaraviy nuqtasining 70-80%ga
kelganda
to`xtatiladi. Ushbu holda ishlov berilgandan va keltirilgan marka 28 sutkadan
keyin beton mustahkamligining sezilarli darajada jadal o`sishi ta`minlanadi, isitish
muddati еsa еng katta mustahkamlikka еrishishga qadar ketadigan vaqtga nisbatan
2-3 marta kamayadi. Bunda bug`lash mahsulot shakllangandan so`ng taxminan 2
soatdan keyin boshlanadi, haroratning oshishi еsa o`zgaruvchan bo`ladi (3 s
davomida 80 daraja). 3. 3-jadvalda ko`rsatilganlardan farqli, qisqaroq rejimlarni
ishlatish sementning ortiqcha sarflanishiga olib kelishi mumkin.
Agarda sement bug`lanish jarayonida beton mustahkamligi va issiqlik bilan
ishlov berishning summar ta`siri ko`rib
chiqilsa, mos keluvchi sement turlari
sifatida shlakoportlandtsement va ayniqsa ko`p shlak qo`shilgan hamda yuqori S
3
S
tarkibdagi o`rtaalyuminatli sementlar hisoblanadi. Ta`kidlash joizki, istishda beton
mustahkamligining ortishiga beton tarkibi va boshqa qator omillar ta`sir ko`rsatadi.
Xususan, bug`lash va boshqa yuqori harorat bilan ishlov berish turlarida qotishning
tezlashuviga betondagi suv/tsement nisbati ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Betonga yuqori harorat bilan ishlov berishda murakkab fizik va kimyoviy
jarayonlar kechadi. Betonning qizishi uning kengayishiga olib keladi. Sement
toshining yangi yuzaga keladigan moddalari xuddi
betonning kengaygan hajmini
mustahkamlagandek bo`ladi. Sovutilganda beton siqiladi, lekin yuzaga kelgan
struktura bunga qarshilik ko`rsatadi va betonda qoldiq deformatsiyalar kuzatiladi,
ya`ni uning hajmi istitish orqali ishlov berilgan boshlang`ich holatidagiga nisbatan
katta bo`ladi. Hajmning ortishi beton g`ovakliligini
ortishiga va uning
mustahkamligini pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, qizitish jarayonida
paydo
bo`lgan
mikrog`ovaklar
beton
g`ovakligini
o`zgartirib,
uning
mustahkamligini pasaytiruvi boshqa omillarni yuzaga keltirishi mumkin.
Berilgan miqdordagi materiallar hajmi еng kam bo`lgan, uzoq muddatda
qotirilgan beton
еng mustahkam hisoblanadi, ya`ni bu holdayangi paydo bo`lgan
sement toshlarining zichligi ko`payadi. Bu talablarga betonni yoyish va 0-4 daraja
haroratda qotirish mos keladi, chunki 4 darajada suv zichligi еng yuqori bo`ladi.
82
Issiqlik bilan ishlov berishda chegaraviy mustahkamlikning pasayishi uning
rejimiga bog`liq. Qizitishda sement, qum va shag`al kam kengayadi, chiziqli
kengayishning
harorat koеffitsiyenti
α
8
•
10
-6
dan 12
•
10
-6
gacha oraliqda
o`zgarib turadi (hajmy kengayishning harorat koеffitsiyenti ß=3
α
ga teng, ya`ni 3
marta ko`p). Suvning hajmiy kengayishning harorat koеffitsiyenti ikki barobar
yuqori bo`lib, uning haroratiga qarab o`zgaradi:
Harorat, S
0
20-40
40-60
60-80
80-10
ß X10
-4
3,02
4,58
5,87
6,88
Qizdirganda suv hajmi mos holda ortib boradi:
Qizdirishning
harorat oralig`i,
S
0
20-40
40-60
20-80
20-100
Suv hajmining
ortishi, %
0,6
1,5
2,7
4,10
Agar mone`liklar bo`lmasa, qizdirishda havo yoki bug` yanada ko`proq
kengayadi. 3. 2-rasmda 80 darajagacha qizdirishda boshlang`ich
hajmini ikki
martagacha oshirishi kerak bo`lgan еrkin kengayish sharoitida betonda gazsimon
faza hajmining ortishi ko`rsatilgan. Haqiqatda bu sodir bo`lmaydi, chunki beton
tarkibi gazsimon fazaning еrkin kengayishiga yo`l qo`ymaydi. Natijada betonda 0,
01-0, 015 MPa gacha etib borishi mumkin bo`lgan ichki bosim yuzaga keladi
(havo va bug` pufakchalarida). Ortiqcha bosim beton qurilmasiga bog`liq.
Muayyan bosimda qurilmaning butunligi buziladi – bug`
betondan chiqib ketadi,
so`ng ortiqcha bosim ortmaydi, hatto kamayadi ham, lekin bunda beton tarkibi
yomonlashishi mumkin.
3. 2-rasm. Betondagi gaz fazasining kengayishi
Dostları ilə paylaş: