1950-1965-yillarda psixologiya masalalari.
Psixik jarayonlarning fiziologik asoslari haqidagi masala
1950-yillarda psixologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning fiziologiya
sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga katta ye’tibor berildi. Chunki psixik
jarayon va xususiyatalarni ilmiy jihatdan o’rganish, uning fiziologik mexanizmini
o’rganishni taqozo qilar yedi. Bu o’rinda I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, uning
xususiyat va qonuniyatlari haqidagi ta’limoti muhim ahamiyatga yega yedi. Lekin bu
davrda Pavlov ta’limotini ba’zi flziolog va psixologlar mexanistik ta’limot deb
hisoblar yedilar. Haqiqatdan ham Pavlovning ba’zi shogirdlari va izdoshlari
mexanistik qarashlarga berilib, psixik hodisalarni fiziologik hodisalardan iborat deb,
psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo’ydilar. Bunday
qarashlar izlanishlari olamshumul ahamiyatga yega bo’lgan psixologlar tomonidan
tanqid qilindi va qoralandi.
60
I.P. Pavlov psixik hodisalarning, jarayon va xususiyat laming nerv-fiziologik
mexanizmi oliy nerv faoliyati bilan bog’liqligini asoslab berdi.
O’sha vaqtlarda butunittifoq Fanlar Akademiyasi va Tibbiyot (medisina) Fanlar
Akademiyasi sessiyalarida Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini
psixologiyaga tatbiq yetish masalasi ilgari surildi va uni psixologik hodisalarni ilmiy
jihatdan tushunishdagi ahamiyati yoritib berildi.
Ayniqsa,
Pavlovning
bosh
miya
po’stida yangi muvaqqat nerv
bog’lanishlarining hosil bo’lishi haqidagi ta’limoti, qo’zg’alish va tormozlanish
qonuniyatlari haqidagi ta’limoti psixologiya uchun juda samarali bo’ldi. Pavlovning
inson bosh miyasi po’sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi ta’limoti ham
qimmatlidir. Bu ta’limot inson ongining tafakkur va nutq singari yuksak shakllarining
nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi. I.P. Pavlovning oliy
nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta’Iimoti tempenamentning nerv-fiziologik
asoslarini, uning muhit va tarbiya ta’siri tufayli o’zgaruvchanligini aniqlash imkoni-
yatini berdi.
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan o’z-o’zini kuzatish metodi
haqidagi masala, psixologiyada metodning obektivligini qanday tushunmoq kerakligi
haqidagi masala juda ham keskin qo’yildi. Metodning obektivligini faqat tashqi
kuzatish, tashqi yeksperiment debgina tushunmaslik kerak, aksincha bu yana
bixeviorizm va refleksoiogiyaga olib keladi.
Ikki Akademiyaning Pavlov fiziologiyasiga bag’ishlangan sessiyasidan keyin
har xil psixik hodisalarning nerv-fiziologik mexanizmlarini o’rganish bo’yicha
ko’plab maxsus tadqiqotlar o’tkazildi. Bu ishlar Moskva va Leningrad
akademiyasining psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akademiyasining
psixologiya institutida, shuningdek, boshqa shahariardagi oliy o’quv yurtlarining
ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida o’tkazildi. Psixologiyani Pavlovning oliy
nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida qayta tashkil qilish V.A. Artemov, T.P.
Yegorov, A.V. Zaporojes, P.I. Ivanovlarning psixologiyadan o’quv qo’llanmalarida
ham o’z aksini topgan. Mana shularga binoan o’rta va oliy o’quv yurtlarida
psixologiyani o’qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.
61
1962-yili Fanlar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va
psixologiyaning falsafiy masalalari bo’yicha Butun Ittifoq kengashi o’tkazildi, Bu
kengashda I.P. Pavlov ta’limoti psixik jarayonlarning nerv-fiziologik asosi yekanligi
yana bir marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada
tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo’lgan psixika haqidagi ta’minotni
tasdiqladi.
Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim hodisalarni
tushuntirish uchun katta ahamiyatga yega bo’lgan ishlar qilindi. Masalan, akad. P.K.
Anoxin 1932-yildayoq boshlagan teskari afferentasiya (teskari bog’lanish) ning
ahamiyatini aniqladi.
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina tugallanib
qolmas yekan. Organizmning har bir javob harakati miya po’stiga markazga
intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, bu impuis javob harakatning
natijasidan miya po’stiga signal berib turar yekan. Shu refleksning strukturasi yoy
shaklida yemas, balki halqa shaklida yekan, deb hisoblashga asos beradi. Demak,
refleksning teskari bog’lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga
qaytaruvchi krani) ham bor yekan. Teskari afferentasiya haqidagi bu ta’limot
«oldindan aks yettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb
atalgan hodisaga bog’langan tekshirishlar o’tkazishga imkoniyat berdi. Anoxinning
shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo’naltirilgan xatti-harakatiarning fiziologik asosini
ochib beradi.
Bir qancha psixik hodisalarni tushuntirish uchun Bernshteynning organizmning
biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari muhim ahamiyatga yegadir. Bu
tekshirishlarning ma’lumotlariga qaraganda organizm muhitga moslashmaydi, balki
shu muhitda paydo bo’lgan to’siqlarni bartaraf qilishga «tirishadi» maqsadga
yerishmoq uchun kurashadi.
A.R. Nuriyaning bosh miya po’stida psixik funksiyalarning lokalizasiyalashuvi
haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asoslarini tekshirishga qo’shilgan
qimmatli hissadir.
62
Shaxs
va
ongning
ba’zi funksiyalari masalalari. Psixologlarining
tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masalalari katta o’rin
yegallaydi. 1956-yili (mayiyun) Leningradda shaxs psixologiyasi bo’yicha Butun
Ittifoq kengashi o’tkazildi. Dokladlarda kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish
masalalariga muhim ye’tibor berildi.
Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning yeng muhim belgilarini:
ijtimoiyligi, ongliligi, o’z-o’zini anglashni tahlil qilishga bag’ishlangan qimmatbaho
asarlar oz yemas. Shaxsning yehtiyojlariga xos xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy
faolligiga, yangi jamiyat qurish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va
ye’tiqodlarining yo’nalishiga katta ye’tibor berilmoqda.
Shaxsning turli yoshda qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari,
xarakteri, qobiliyatlari hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi
taraqqiyotiga old umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir.
Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida o’sayotgan
odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlaridagi sifat jihatdan
o’zgarishdir, deb qaraydi. Bu o’zgarish — o’sish organizmning rivojlanish
qonuniyatlari va kishilarning turmush sharoitlari tufayli, ijtimoiy muhit hamda ta’lim-
tarbiya ta’sirida ro’y beradi. Ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’siri har bir
insonning rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Biroq shu narsani ta’kidlamoq
kerakki, bu rivojlanish rivojlanayotgan subekt o’zi hayot jarayonida faol ishtirok
yetgan taqdirdagina ahamiyatga yega bo’ladi.
Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va aqliy
rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal yetilishi
maktablardagi ta’lim jarayonida o’tkazilayotgan yeksperimentlarga asoslanmoqda.
Rivojlanishning o’zini qanday tushunishdan qat’i nazar, tadqiqotchilarning
hammasi ta’limning hal qiluvchi roli sharoitida ta’lim va tarbiyaning bir-biri bilan
bog’lanligini ye’tirof yetadilar.
Psihologlar alohida psixjk funksiyalar va jarayonlani io’rganish sohasida,
xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida ko’p ishlar qildilar. Ye.G. Ananev,
A.V. Zaporojes, N.A. Leontev va boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi
63
tekshirishlar asosan bu jarayonlarning reseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar
shuni ko’rsatdiki, ko’ruv, yeshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va idrokning
boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang’ich
zvenosininggina mahsuli yemas. Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham,
subektning faolligini aks yettiradigan qidiruv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi.
Bularning barchasi alohida, perseptiv harakatlar bo’lib, ular ichki psixik jarayonlar
bilan birga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko’pmi yorqin ifodalangan harakat
komponentlarini ham o’ziga qamrab oladi.
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi yesda olib qolish faoliyatining
nimaga qaratilganiga bog’liq yekanligi masalasi keng o’rganilgan. Yaxshi yesda
qoldirishda qaytadan tiklash (yesga tushirish) va boshqa psixik jarayonlarning roli
aniqlangan. A. A. Smirnov va P. I. Zinchenkoning asarlarida yesda qoldirish maxsus
xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning strukturasi ochilgan,
turli yesda olib qolish usullarining xarakteristika, uning tarkibiga kiruvchi bar xil
mnemonik harakatlarning alohida zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Yesda
qoldirish jarayonida ishtirok yetadigan tafakkur jarayonlariga alohida ye’tibor
berilgan.
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956-yildan
boshlab «Voprosы psixologii» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir.
Psixologiya masalalari sohasidagi ko’p materiallar, shuningdek, «Semya i shkola»,
«Doshkolnoye vospitaniye», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskiy jurnal»,
«Voprosы psixologii» jurnallarida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi.
Ilmiy ishlarning faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yiI Psixologlar Jamiyatini
tuzishga yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o’quv yurtlarimiz
psixologiyadan zaruriy o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandi.
Bu qobiliyatiarga kiruvchi yesda olib qolish qobiliyatiarida ayrim zvenolarning
xarakteristikasi berilgan. Yesda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga
alohida e’tibor berilgan.
Dostları ilə paylaş: |