12
Zamonaviy sport saralashi nazariyasida sportchilarni sara-lashga katta e’tibor
beriladi. Bunda quyidagi atama va tushuncha-lar ishlatiladi.
Sport orientastiyasi — sportchining imkoniyatlari eng ko’p darajada
yoritiladigan, namoyon bo’ladigan sport turi-ning aniqlanishi.
Selekstiya — sportchilarni tajribasiga ko’ra tanlanishi.
Jamoalarni jamlash — jamoalarni musobaqalarda
qatnashishi uchun
shakllantirish, shu bilan birgalikda jamoa tarkibining bellashuvlar paytidagi
jamlanishi.
Stabil ko’rsatkichlarning namoyish etilishi yosh sportchining individual
rivojlanishini aniq bashorat qilishga yordam beradi, chunki tengdoshlari orasida har
qanday ko’rsatkichlar bo’yicha tashabbuskorligi kelajakda ham saqlanib qoladi.
Masalan, sportchi tanasining uzunligini 9—11 yoshidayoq deyarli aniq aytib berish
mumkin. Aksincha, tana og’irligini aniq aytib berish ancha murakkab.
Shuning
uchun, har bir sport turida zarur va muhim ko’rsatkichlar guruhi aniqlanadi, ularga
qarab ko’p yillik tayyorgarlik jarayonidagi saralash amalga oshiriladi. Masalan,
engil atletikachilarni tanlashda oyoq va tana, gavda uzunligi, jismoniy tayyorgarligi
va harakat faolligi katta ahamiyatga ega. Murakkab koordinastiyaga ega sport
turlarida (masalan, gimnastika) sportchining yangi harakatlarga o’rganishi,
ko’nikishi alohida qiziqish uyg’otadi. Sportchining tayyorgarligiga ko’ra, saralash
uchun sport natijalari yanada katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: