10
mashqlarni o’zlashtirishga, yangi harakatlarning tezda o’zlashtirishni rivojlantirish
sifatlariga muhim ahamiyat beryladi. Bu bosqichda
keyingi mashqlarni bajarish
uchun qaysidir bir sport turi tanlanadi. Bosqich kamida ikki yil davom etadi.
Boshlang’ich sport ihtisosligi bosqichi turli tomonlama jismoniy
tayyorgarlikni
davom ettiradi, biroq mahsus jismoniy tayyorgarlik vositalari ham
ishlatila boshlaydi. Bunda yosh sportchi tanlangan sport turining tehnikasi asoslarini
o’zlashtirishi lozim. Taktik tayyorgarlik sport bellashuvini
olib borishning oddiy,
sodda usullarini o’zlashtirish bilan cheklanadi, musobaqa tajribasiga ega bo’lish
boshlanadi. Bu bosqichda ko’riladigan muhim
vazifalar sport sifatlarini
mukammalroq
aniqlash,
zarur
paytda
sport
ihtisosligini
aniqlash
hisoblanadi.Bosqich davomiyligi ikki—uch yilni tashkil etadi.
Chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi tanlangan sport turida mashg’ulot va
musobaqa yuklamalari hajmining ortishiga bog’liq. Turli hil jismoniy tayyorgarlik
bilan bir qatorda mahsus jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratiladi.
Tehnik tayyorgarlikning yuqori talablariga javob beruvchi harakatli bilim va uquvlar
shakllanadi. Taktik tayyorgarlik tanlangan sport turiga va sportchining ihtisosligiga
moe kelishi lozim. Musobaqa tajribasiga ega bo’lish davom etadi. Bosqich ikki-uch
yil davom etadi.
Sportning mukammallashish bosqichi sportchining mahsus tayyorgarligini
oshirishga qaratilgan. Mashg’ulot yuklamalarining hajmi va jadalligi sezilarli usadi,
tehnika
mukammallashishi davom etib, uning individuallashishi va har qanday
musobaqa holatidagi samaradorligi oshadi. Taktik
tayyorgarlikda sportchi
musobaqa bellashuvini olib borishning barcha jihatlarini, sirlarini o’zlashtirishi
kerak. Boshqa bosqichlardan farqli ravishda, bu bosqichda yosh sportchidan uning
kelajakdagi yutuqlarini ishonchli bashorat qilishga yordam beradigan ancha yuqori
natijalar kutiladi va talib etiladi. Bu bosqich ko’pincha tayyorgarlikning to’rt yillik
Olimpiya stikliga ko’ra quriladi.