77
Yelkada shtanga ko’tarib o’tirib-turish.
Rezina amortizator bilan mashqlar - uchi mahkamlangan amortizatorni tennis
zarbasi kabi harakat bilan cho’zish.
Tezkorlik
Tezkorlik
- odamning faoliyat
(aqliy, mehnat, sport va boshqa)m
eng qisqa
vaqt ichida bajarish qobiliyatidir. Tezlik deganda inson
harakatining bevosita va
asosan tezlik xususiyatlarini hamda harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi
funksional xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Tezlik ko’rinishini
baholashda
quyidagilar farqlanadi:
Harakat reaksiyasining yashirin
(latent)
davri;
Bitta harakatning tezligi
(kichik tashqi qarshilikda
);
Harakat chastotasi.
Ushbu ko’rsatkichlar turli tezlik qobiliyatini ko’rsatadi. Bu uch ko’rsatkich
birgalikda tezlikning har qanday ko’rinishini baholashga imkon beradi. Maksimal
tezlikda bajariladigan ko’pchilik harakatlarda ikki davr tafovut etadi: a) tezlikning
ortishi davri
(tezlanish davri)’,
b) tezlikni nisbiy stabilizatsiya davri. Birinchi davrga
startdagi tezlanish, ikkinchi davrga esa distansion tezlik xos.
Fiziologik tasavvurlarga ko’ra harakat reaksiyasining yashirin davri besh
qismdan tashkil topadi:
❖
retseptorda qo’zg’alishni vujudga kelishi;
❖
qo’zg’alishning markaziy nerv sistemasiga uzatilishi;
❖
qo’zg’alishning nerv markazalariga o’tishi va effektor
(javob, harakat)
signalining shakllanishi;
❖
signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o’tkazilishi;
❖
mushakning qo’zg’alishi va unda mexanik faollikning paydo markazlariga
o’tishi va javob signali shakllanishiga sarf bo’ladi.
Maksimal tezlikda
bajarilgan harakatlar o’zining fiziologik xususiyatlariga ko’ra soniyain
bajariladigan harakatlardan farq qiladi. Eng asosiy farq Shundan iboratki,
harakatni maksimal tezlikda bajarish vaqtida
sensor korreksiyalar
qiyinlashadi. Katta tezlikda juda aniq harakatlarni bajarishning qiyinligi
78
shu bilan izohlanadi.
Tezlikning sifati ko’p jihatdan tug’ma bo’ladi. Lekin mashqlar ta’sirida uni
rivojlantirish mumkin. Tezlik kichik va o’rta maktab
yoshidagi bolalarda yaxshi
rivojlanadi. Tezlikni rivojalantirish uchun optimal yosh 8 - 11 yosh hisoblanadi.
o’rgatishning dastlabki bosqichlarida tezlikni rivojlantirshning eng yaxshi vositalari
bo’lib qisqa masofaga yugurish,
sakrashlar, gimnastika va akrobatika mashqlari,
ayniqsa harakatli o’yinlar hamda estafetalar hisoblanadi. Tezlikni rivoj lantirishning
asosiy usullari qaytarish, о’yin va musobaqa usullaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: