19
amina kislotalar. SH guruh bilan tanlovchi yoqlilik namoyon etadigan zaharlar bo‘lib
og‘ir metallardan, quyidagilar hisoblanadi.
1) simob va uning birikmalari - Hg, HgCl
2
;
2) qo‘rg‘oshin va uning birikmalari - Pb, PbO, PbO
2
, PbO
3
;
3) margimush va uning birikmalari - As, As
2
O
3
, AsH
3
;
4) kadmiy va uning birikmalari - Cd, CdO
2
, CdSO
4
;
5) surma va uning birikmalari - Sb, SbH
2
.
Shu guruh bilan metallar o‘rtasidagi reaksiya natijasida yerimaydigan birikma-
myerkaptidlar hosil bo‘ladi. Bu tegishli zaharlanish sodir bo‘lishiga, biokimyoviy
jarayonlar borishining buzilishiga olib keladi.
Organik birikmalarni reaksiyaga kiriShuvchan funksional guruhlarda: sulfgidril,
aminogruppa, gidroksil, fosfor saqlovchilar ko‘pgina metallar (yangi retseptorlar)
uchun birikadigan joy hisoblanadi.
Zaharlovchi is gazi (SO) uchun gemoglobin - qon proteid yeritrotsiti retseptor
vazifasini bajaradi. Is gazi gemoglobin bilan tezda reaksiyaga kirishib, patologik
kompleks karboksigemoglobin (NbSO) hosil qiladi, lekin kislorodni qabul qilmaydi.
Qon SO ni gemoglobinga kimyoviy yaqin bo‘lganligi uchun uni yutadi. Kislorod,
gemoglabin bilan bog‘lanishga qaraganda SO gemoskeleti bilan 250 marta faolroq
bog‘laydi.
Demak har qanday kimyoviy modda biologik yoki toksik ta’sir namoyon etishi
uchun 2 ta mustaqil xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
- retseptorga yaqinlik;
- o‘ziga xos faollik.
Masalan, gemoglobinni SO bilan yaqinligi O
2
bilan yaqinligiga qaraganda bir
necha marotaba kuchli (karboksi-gemoglobinni dissotsiatsiyaga yaqin gemoglobin
HbO
2
ning dissotsiatsiyasidan 3500 marta sekin).
Dostları ilə paylaş: