- bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiril-
ganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi
vaqtning qanchalik qisqa boiishligiga bog‘liq, bosqichlar orasi
dagi masofa vaqt jihatdan haddan oshib ketsa, bilim berish samara
bermaydi;
- agar bilim va uning negizida shakllangan ko'nikmalar mashq
orqali takrorlanib turilmasa, bilim va ko‘nikma yo‘qolib ketadi;
- bolalami mantiqiy fikrlashga o‘rgatilgan boimasa, ular
doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga
duch keladilar;
- o‘qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa,
ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi.
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi
qoidalar orqali amalga oshiriladi.
1. 0 ‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib
olinishi uchun beriladigan bilimlami mantiqiy tugallangan bilim
boiaklariga ajratib o‘qitish.
2. Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz yetmagan biron-
bir savol va muammoni dars rejasiga kiritmaslik.
3. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik,
buzilgan taqdirda
o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf
etishlik.
4. 0 ‘quv fani - katta bir fanning kichraytirilgan modeli ekanini
tushuntirib, fanlararo bogiiqlikni ko‘rsatib berishlik.
5. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini
doimo tekshirib borishlik: o‘rganilayotgan obyekti, predmeti, naza
riy asoslari, asosiy tushunchalari, nazariyasi
va uning qoilanishi
chegaralarini doimo eslatib, ulaming bajarilishini tekshirish.
6. Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib, go‘yoki yaxshi
bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin boiadi.
Shuning uchun bolalardagi awalgi bilimlari
va mantiq usullaridan
doimo foydalanish zarurligi.
7. Boshlang‘ich, umumta’lim va oliy taiim bosqichlaridagi
bilim mazmuni va uni berish usullari orasidagi muvofiqlikni
saqlash.
8. 0 ‘qitishning ilg‘or usullaridan doimo foydalanish.
90
9. 0 ‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun,
aw al o‘tilgan bilimlami doimo qaytarib turish.
10. 0 ‘tgan bilimlami qaytarish usulidan, faqat dars boshida va
uni yakunlayotganda foydalanib qolmay,
har bir bilimni
tushuntiri layotganda ham undan foydalanish.
11. 0 ‘tgan bilimlar bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan
boshqa yangi fikrlami bildirmaslik.
12. 0 ‘quvchilar til savodxonligini faqat til o‘qituvchilari
kuzatib boribgina qolmay, barcha o‘qituvchilar ham bu ishni
bajarishlari lozimligi.
13. Sabr va chidam bilan hamda uzluksiz ravishda bolalami
mustaqil fikr yuritishga va bilimlami mehnat qilib topishga
o‘rgatish.
14. Bolalarga o‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish.
15. Har bir bo‘lim oxirida, albatta, umumlashtimvchi
mashg‘ulotlami amalga oshirish.
16. Bolalar javobida uchrab turadigan
xatolami doimo tuzatib
borish.
17. Charchab qolgan bolalar faoliyatini hech qachon sun’iy
ravishda faollashtirishga harakat qilmaslik, faollashtirishda bolalar
jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish.
18. Bolalardan egallagan bilimiga ko‘nikma va malaka hosil
qilishni talab qilish.
19. Esda saqlash lozimki, majmuaga tushgan bilim esdan
chiqmaydi.
Esdan chiqib qolsa, majmua orqali uni darrov esga
tushirish oson.
20. YA.A. Kamenskiyning - hamma narsa uzluksiz ketma-
ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini
mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak
- degan nasihatini unutmaslik qoidasi.
Dostları ilə paylaş: