va tamoyillar o‘zgarib ham turishi mumkin ekan. Ba’zi eski
tamoyiilar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili
yo‘q bo‘lib ketib, o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan.
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday qoida o'mashib
qolganki, ular tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning
ehtiyojlarini ifoda etar ekan. Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanning
rivojlanishi hamda taTim-tarbiya
jarayonida yangi qonuniyat-
laming aniqlanishi,
shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalar
natijasida pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan.
Ko‘p yillik izlanishlar va bahslar
natijasida pedagogikada
quyidagi dars o‘tishning umumiy tamoyillar tizimi ishlab chiqilgan:
1) onglilik va faollik
- bilimni
talabalar tomonidan ongli
ravishda va faol qatnashib egallashlik;
2) ko‘rgazmalilik
- «yuz marotaba eshitgandan bir marotaba
ko‘rgan yaxshi» tamoyilidan kelib chiqib,
bilim berishda turli-
tuman ko‘rgazma qurollardan samarali foydalanish;
Dostları ilə paylaş: