97
maktablaridan farqli o‘laroq Yaponiya maktablarida o‘qish 1-apreldan boshlanib
kelasi yilning 31-martida nihoyasiga yetadi.
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga bo‘linadi:
aprel – iyul, sentabr – dekabr, yanvar – mart. Katta o‘rta maktablarda esa o‘quv yili
2 yoki 3 semestrga bo‘linadi.
O‘quv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 60 kun
ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda
boshlanib uchdan keyin tugaydi. O‘quvchilar haftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari
klub
ishlarida, 7 soat ixtisos bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida
bo‘ladilar. Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar
80 ta sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o‘z
xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar.
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni yoshlarni zamonaviy
texnik, texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy sanoatda samarali
ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muhim ijtimoiy vazifani
bajaruvchi, jamiyatni olg‘a siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaralib, xalq
tomonidan e’zozlanadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib
turibdiki, Yaponiyada ta’lim
tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa,
o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat
milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya Germaniya
kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy
o‘zlashtirilgan. Shu o‘rinda Yaponiya va O‘zbekiston
maktablarida geografiya
o‘quv kurslarining mazmuni va mohiyatini taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya geografiya ta’limi va
O‘zbekistondagi geografiya ta’limi tuzilishida muayyan tarzdagi farqlar mavjud
bo‘lib, u quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan:
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida sinflar bo‘yicha geografiya kurslari
bo‘yicha taqqoslash
6-jadval
O‘quv yili
Yaponiya maktablarida o‘quv kurslari
bo‘yicha geografiyani o‘rganish
O‘zbekiston maktablarida o‘quv
kurslari bo‘yicha geografiyani
o‘rganish
1-sinf
2- sinf
3- sinf
4- sinf
5- sinf
6- sinf
Hayot haqidagi fan
Hayot haqidagi fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat. Geografiya. Yaponiyaning oziq-
ovqat va ishlab chiqarish, uning aholisi
va hayoti
Jamiyat Geografiya. Siyosat va hayot.
Jahonning turli davlatlari bilan aloqalari.
Atrofimizdagi olam
Atrofimizdagi olam
Tabiatshunoslik
Tabiatshunoslik
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi
Materik va okeanlar geografiyasi
7- sinf
8- sinf
9- sinf
Jamiyat Geografiya. Jahon regionlari va
yaponiya rayonlari
Yaponiya rayonlari va jahon regionlari
Yaponiya xalqaro hamjamiyatda
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy
geografiyasi
O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi
Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy
98
geografiyasi
10- sinf
11- sinf
12- sinf
A
guruxidagi
o‘quvchilar Jamiyat.
Geografiya.
B guruxidagi o‘quvchilar Hozirgi zamon
taraqqiyoti izlash
-
-
Amaliy geografiya
-
-
Yaponiya majburiy ta’lim va yuqori bosqich o‘rta
maktablarida
o‘rganiladigan geografiya bo‘yicha olinadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston maktablarida geografiya
bo‘yicha davlat ta’lim standarti bo‘yicha beriladigan bilim, ko‘nikmalarni
hosil
qilishga qaratilgan o‘quv dasturlarining mazmun va mohiyati bir muncha farq
qiladi. U quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan.
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida geografiya bo‘yicha o‘quv dasturlarning
mazmunini taqqoslash
Dostları ilə paylaş: