Transport platformasi
quyidagi sathlarni o‘z ichiga oladi:
-
transport tarmog‘i yadrosi sathi (Core Network, CN), multiservisli
transport tarmoqlari texnologiyalari negizida amalga oshiriladigan (hozirgi vaqtda
eng
ko‘p
ishlab
chiqilgan
ATM,
IP/MPLS/all,
IP/VLAN/Ethernet
texnologiyalari);
-
kirish tarmoqlari sathi (Access Network, AN), hozirgi vaqtda eng ko‘p
tarqalgan kirish texnologiyalari quyidagilar hisoblanadi: xDSL, FTTH, Wi-Fi, Wi-
Max, PON. ANda qo‘llaniladigan texnologiyalarning xilma-xilligi quyidagi
holatlar tufayli yuzaga kelgan:
-
qo‘llaniladigan uzatish muhitlarining xilma-xilligi bilan (ham yangi,
masalan optik, avval kirish tarmoqlarida qo‘llanilmagan ham eski, masalan ko‘p
juftlikli telefon kabellari va tor oraliqli simsiz kirish tizimlari);
-
terminallar turlarining xilma-xilligi bilan (avvalgi sodda lekin arzon telefon
apparatlaridan
to
barcha
xizmatlarni
ta’minlovchi ko‘p funksionalli
terminallargacha).
Boshqarish va signalizatsiya platformasi
yangi dasturiy-apparat
majmualari negizida amalga oshirilib ularga Softwitch nomi (kommutatsiyani
boshqarishning moslashuvchan tizimi) biriktirilgan.
Serverlar platformasi
zarur bo‘lgan xizmatlar to‘plamini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda bu platformalar orasidagi o‘zaro ta’sirni moslashuvchan
holda sozlashga imkon beruvchi universal ochiq interfeyslar ishlab chiqilgan. 10.6-
rasmda transport tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishni tashkil etish sxemasi
keltirilgan.
10.6-rasm. Tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishini tashkil etish sxemasi
Mavjud tarmoqlarning (PSTN va PLMN) o‘zaro ta’sirlashishi uchun
resurslarni MGW shlyuzi taqdim etadi. Chaqiriqlarga ishlov berish jarayonida
signalizatsiya protokollarining konvertatsiyasi SGW signalizatsiya shlyuzi
tomonidan
amalga
oshiriladi.
Shlyuzlarni
boshqarish
uchun
MGS
kontrollerlaridan foydalaniladi.
Dastlab N.323 tasnifi mahalliy tarmoqlarda videokonferensiyalarni
ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilgan edi. Foydalanuvchilararo yoki bir rangli
(peer-to-peer) protokolni qo‘llab, intellektual terminalli mijozlar intellektual
terminaldan foydalanuvchi boshqa mijozlar bilan ulanishni o‘rnatishlari mumkin
edi.
N.323 ning keyingi versiyalari Gatekeeper Routed Model ni na’zarda tutar
edi, unga muvofiq (Gatekeeper) barcha ulanishlarni o‘rnatishda va har bir chaqiriq
uchun xizmatlar taqdim etishda faol ishtirok etishi kerak edi. Bunday modelda
N.323 bir rangli protokol hisoblanmaydi. Shlyuz o‘ziga ko‘pgina an’anaviy
xizmatlarni markazlashtirilgan holda taqdim etishni intellektual vazifalarini oladi.
Multiservisli tarmoq ilmiy tadqiqot markazini “Protey” (10.7-rasm)
qurilmasini qo‘llab qurilishi mumkin.
“Protey-MKK” multiservisli kirish kommutatori (MKK), UfTTda aloqa
xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat majmuini
ifodalaydi. Uning negizida shuningdek korporativ tarmoqlarni yaratish va ofislarda
aloqani tashkil etish mumkin. Multiservisli kirish kommutatori multiservisli aloqa
tarmoqlarida Softswich vazifasini bajaradi, ya’ni paketli tarmoqda so‘zlashuv va
multimedia li axborot almashinuvini ta’minlaydi.
Multiservisli tarmoqlarda “Protey-MKK” Ethernet 100 Mbit/s interfeysi
bo‘yicha transport IP-tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashadi va NGN uzellari bilan
o‘zaro ta’sirlashishi uchun SIP, H.248/MEGASO signalizatsiya protokollaridan
foydalaniladi. 10.8-rasmda “Protey-MKK”ni qo‘llanishning mumkin bo‘lgan
variantlari keltirilgan.
.
|