Maruza. Mavzu: Multimediyali transport tarmoqlarini loyihalash
Infokommunikatsiya tizimi evolyutsiyasining boshlang‘ich bosqichida
kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy
transport tarmog‘ining asosiy resurslari so‘zlashuv axborotini eltib berish uchun
qo‘llaniladi. Paketlar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma umumiy transport tarmog‘i
resurslarining kichikroq ulushidan foydalanadi. Kanallar kommutatsiyasi
tarmoqlaridan paketlar kommutatsiyasi tarmoqlariga so‘zlashuv axborotlarini
uzatish, kompressiyalash va kommutatsiyalash masalalarini hal etish uchun media
shlyuzlar o‘rnatiladi.
Transport tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash
tarmoqlari (KK va PK) bilan birgalikda qo‘llanilishi kerak. Bu agar ikkala
tarmoqda ham soatdagi katta yuklama mos tushmagan holatlarda, o‘ta
yuklanishlarni bartaraf etadi.
Infokommunikatsiya tizimi evolyutsiyasining oxiridan bitta oldingi
bosqichida multimedia li axborotni eltib berishni ta’minlovchi paketlar
kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy transport
tarmog‘ining asosiy resurslari paketlar kommutatsiyasi rejimida multimedia li
axborotlarni transportlash uchun qo‘llaniladi. Kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan
qurilma endi umumiy transport tarmog‘i resurslarining kamroq ulushidan
foydalanadi.
Transport
tarmog‘ining o‘tkazish qobliyati katta bo‘lishi kerak,
bumultimedia li trafikda video axborotning mavjudligi bilan izohlanadi. Transport
tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash tarmoqlari tomonidan
birgalikda qo‘llanishda davom ettiriladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining deyarli barcha operatorlari duch
keladigan muammolar o‘rtasida, kirish tarmog‘ini keyingi rivojlanishi uchun
ssenariyni tanlash murakkabligini ta’kidlash kerak. Bunday holat juda ko‘p
omillarga bog‘liq, ammo infokommunikatsiya xizmatlari bozorida talabni
bashorat qilishdagi murakkablikni yetakchi deb hisoblash mumkin. Shuning uchun
telekommunikatsiya tarmog‘i operatori uchun bozordagi talabga bog‘liq holda eng
kam xarajatlar bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, tizimli-tarmoqli yechimlar juda
katta amaliy qiziqish uyg‘otadi. Bunday shartlarni ‘‘Protey-MAK’’ga o‘xshash
apparat-dasturiy vositalar qanoatlantiradi. Ular operatorlarga texnologiyalarni
tanlashga talab qo‘ymaydi va xizmatlarning yangi turlarini kiritish jarayonlarini
to‘xtatib qolmaydi.
Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri. NGNning fizik arxitekturasi uchta sathni (platformani) o‘z ichiga olgan
bo‘lib, ular orasida standart interfeyslar qo‘llaniladi, bu esa masshtablashtirishni,
yetkazib beruvchilarga bog‘liq bo‘lmaslikni, investitsiyalarni saqlanishini va aloqa
operatori uchun foydali bo‘lgan boshqa juda ko‘p xossalarning saqlab qolinishini
ta’minlashga imkon beradi.
Keyingi avlod tarmog‘ining fizik arxitekturasi (8.5-rasm) o‘z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi:
-
transport platformasi;
-
yangi
dasturiy-apparat
majmualari
negizida
amalga
oshiriluvchi
boshqarish va signalizatsiya platformasi;
-
zarur xizmatlar to‘plamini ta’minlovchi serverlar platformasi.